5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

I. A. Karimov.
Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. T., „Ma’naviyat“.
2008, 33—34- betlar.


4
Ajdodlarimiz barcha sohalarda qizg‘in faoliyat ko‘rsa-
tib, har tomonlama kamol topganlar. Donishmand shoir,
Xorazm bahodiri Pahlavon Mahmud aqli va jismoniy kuch-
quvvati bilan Hindiston mamlakatida bo‘lib o‘tgan kurash
musobaqasida g‘olib chiqib, minglab vatandoshlarni yovlar
qo‘lidan ozod qilib, xalq duosini olgan.
Agar biz jismoniy tarbiya va sport tarixiga nazar tash-
laydigan bo‘lsak, ma’lum bo‘ladiki, sport kishilik jamiyati
paydo bo‘lganidan to hozirgi kungacha saqlanib kelayotdan
turli harakatli o‘yinlar, bellashuvlar, musobaqalar ko‘ri-
nishida bizgacha yetib keldi va u hozirgi darajaga erishdi.
Arxeologik qazilmalar, qo‘rg‘on va g‘orlarda saqlanib qolgan
rasmlarda suzuvchi, yuguruvchilar, nayza otuvchilar, o‘q-
yoy otuvchilar, otda yuruvchilar va kurashchi-jangchilar
aniq-ravshan tasvirlangan. Ma’lumotlarga qaraganda, Yuno-
nistonda eramizdan avval — 776-yili Olimpiya o‘yinlari pay-
do bo‘lgan. O‘yinda ko‘p davlatlardan sportchilar ishtirok
etib, polvonlar kuch sinashganlar.
XIX asr oxiriga kelib zamonaviy Olimpiya o‘yinlari
boshlandi. U fransiyalik taniqli jamoat arbobi
 
baron Pyer
de Kuberten nomi bilan bog‘liq. Pyer de Kuberten Jahon
Olimpiya o‘yinlari jonkuyarlarini to‘plab, 1894- yil 23-
iyunda Xalqaro Olimpiada qo‘mitasini tashkil qilishga
muyassar bo‘ldi.
Har bir xalqning o‘ziga xos va o‘zi uchun sevimli sport
turi, shuningdek, harakatli o‘yinlari bo‘ladi. O‘zbekistonda
kurashning kurash hamda belbog‘li kurash turlari, shu-
ningdek, uloq, chavgon, lochin bilan ov qilish, kamondan
o‘q otish singari milliy o‘yinlar mavjud.
Aziz o‘quvchilar, siz qo‘lingizdagi darslik orqali asosiy
sport turlari bilan tanishib, ular haqida yetarli nazariy
ma’lumotga ega bo‘lasiz va jismoniy mashqlarni darsdan
tashqari paytlar (uy sharoiti, maktab stadioni)da mustaqil
bajarishni o‘rganishga doir tavsiyalar olasiz.


5
I B O B

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin