18
Aytib o‘tganimizdek, o‘sha vaqtlarda har bir tantanada
yugurish, sakrash, uloqtirish bo‘yicha musobaqalar uyush-
tirilgan. Shunga ko‘ra, aynan sportning mazkur turlari
qadimgi Olimpiada o‘yinlariga kiritilgan edi. Yengil atletika —
bu
sport yugurishi, oddiy yugurish, sakrash, uloqtirish va
shu kabi turlarni qamrab olgan ko‘pkurashdan iboratdir.
Yengil atletika mashqlarining turli-tumanligi, ular nafining
kattaligi, jismoniy yuklamani boshqarish imkoniyati,
foydalaniladigan asbob-anjomlarning
murakkab emasligi,
yengil atletika bilan har bir shaxs shug‘ullanishi mumkin
bo‘lgan ommaviy sport turiga aylandi. Shuning uchun yengil
atletikani „sport qiroli“ deb atash an’anaga aylandi.
Yengil atletikaga xos yurish, yugurish,
sakrash va
uloqtirish mashqlari, kuchni, chidamlilikni tarbiyalaydi,
kishi a’zolari ish faoliyatini kuchaytiradi,
irodani tarbiya-
laydi, ish qobiliyatini oshiradi. Yengil atletika mashqlari-
ning kishiga sog‘lomlashtiruvchi ta’siri ham ana shundadir.
Bu sport turi bilan doimiy shug‘ullanish kishida yaxshi
odatlar va o‘z salomatligiga har daqiqa e’tibor berish kabi
sifatlarni shakllantiradi. Yengil atletika mashqlarining bola-
lar sog‘lig‘i va jismoniy o‘sishiga ijobiy ta’siri — bu sport
turining maktab dasturiga birinchi
sinfdan boshlab kiriti-
lishiga sabab bo‘ldi.
Respublikamiz tabiiy sharoiti yengil atletika bilan yil
bo‘yi shug‘ullanish imkonini beradi. Odatda, issiq paytda
sport bilan yengil kiyimda shug‘ullaniladi. Sovuq paytda
sport kiyimining qalinrog‘i kiyiladi.
Oyoqqa keda, krossovka,
shiðpaklar kiyiladi. Stadionda yugurish yoki sakrash kabi
musobaqalarda qatnashganda tishli shiðpaklar kiyib olish
mumkin. U bilan tinimsiz shug‘ullangan
kishining yaqin
masofaga yugurish natijalarini 2—3 soniyaga, uzunlikka
sakrashda 20—30 sm ga oshirish imkonini beradi.
Yengil atletika bilan shug‘ullanganda bir qator qoida-
larga rioya qilishga to‘g‘ri keladi. Bunda, avval 3—5
daqiqa
asta yuguriladi, 6—8 marta umumiy mashqlar bajariladi,
30—50 metrga 2—3 marta o‘rtacha va sekin yuguriladi.
Shundan so‘ng mashg‘ulot o‘tkaziladigan joy yaxshilab
tayyorlanadi, uzunlikka sakrash chuquri yumshatiladi, yugu-
19
rish yo‘lakchasi ortiqcha narsalardan tozalanadi, uloqtirish
uchun xavfsiz joy tanlanadi va hokazo.
Uloqtirish bilan mustaqil shug‘ullangan paytda to‘p
oynaga, daraxt va odamlarga tegib ketmaydigan yo‘nalishni
tanlash zarur bo‘ladi.
Uzunlik yoki balandlikka sakrashda sakrash joyi quruq
va tekis bo‘lishiga e’tibor berish, yerga tushish joyida qirrali,
uchli narsalar bo‘lmasligiga ahamiyat berish lozim bo‘ladi.
Balandlikka sakrashni kuzatayotgan
kishi yugurish tomonida
turishi, aks holda uzun tayoq unga tegib ketishi mumkin.
Yugurish mashqini bajarib bo‘lgach, darhol to‘xtab yoki
o‘tirib olinmaydi. Uzoq masofaga yugurganda 100—200 m
qadamlab yurish kerak. Yugurish yo‘lakchasida turish,
boshqalar yugurayotgan yo‘lni kesib o‘tish taqiqlanadi.
Musobaqada qatnashayotganlar yonida yugurish mumkin
emas. Yugurib kelib sovuq suv ichish man qilinadi, chunki
nafas yo‘li shamollab, kasal bo‘lib qolish mumkin.
Dostları ilə paylaş: