22
UZOQ MASOFAGA YUGURISH
Fanning o‘quv dasturida o‘quvchilarning chidamli-
liklarini rivojlantirish maqsadida 1000 metrga (1 km) yugu-
rishlari ko‘zda tutilgan. Kattalarga bu masofada jahon rekor-
di belgilanmaydi. Bu masofaga yugurish bo‘yicha
rekord
17 va undan kichik bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlarga bel-
gilanadi. Respublikada bu masofada hali rekord o‘rnatilma-
gan. Kross yugurishi butun tana a’zolariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatuvchi sog‘lomlashtirish vositasi hisoblanadi. Kross
yugurishiga dastlab bir maromda yugurish bilan o‘rgatiladi.
Yuqori natijaga erishish uchun 5—6 mashg‘ulotdan keyin
yuguriladi. Muayyan masofaga yugurish maromini egallash
uchun (qanday tezlik bilan yugurishni) harakatni kross
yugurishning birinchi mashg‘ulotlaridan boshlab olib
borish
kerak.
Kross yugurish
yuqori startdan boshlanib, „Start“ buy-
rug‘i berilishi bilan sportchi start chizig‘iga chiqib, kuchli-
roq oyog‘ini oldinga qo‘yadi; bunda start chizig‘ini bosib
turish mumkin emas, boshqa oyoq kaftida orqada turadi.
Gavda tik tutilib, qo‘llar erkin holatda osilib turadi, bosh
to‘g‘ri ushlanadi.
„ Diqqat“
buyrug‘i berilganda,
har ikkala oyoq buki-
ladi, gavda og‘irligi oldinda turgan oyoqqa tushiriladi, qo‘l-
lar tirsakdan bukilib, bittasi oldinga uzatiladi.
„Yugur“
buyrug‘i berilganda, yuguruvchi oyog‘ini yer-
dan
keskin uzib, zarur tezlikka tezroq erishish uchun
harakat qiladi. Yugurib o‘tilayotgan masofani yengil va erkin
bosib o‘tishga, harakatlarning tabiiy bo‘lishiga erishish lozim
(17-
a, b
rasmlar).
b
17- rasm.
a
23
Masofaning ayrim qismini oyoqning butun kafti bilan,
ayrim qismini esa oyoq uchi bilan bosib o‘tishga urinish
kerak. Yugurish chog‘ida masofaning tekis yerlarida gavda
biroz
oldinga engashtirilishi, boshni to‘g‘ri tutib oldinga
qarab intilish darkor. Bundan tashqari, qo‘llar yarim musht
qilinib tirsakdan bukilgan; yengil harakatda bo‘lishi, yelka
yuqori chiqarib olinmagan bo‘lishi lozim. Finishga 100—200
metr qolganda qo‘llar
harakatini tezlashtirgan, gavdani
oldinga ko‘proq egib, qadamlarni tezlashtirgan ma’qul.
Yuguruvchi finishdan o‘tgandan keyin ham yugurishda da-
vom etib, asta sekinlashadi.
Yuguruvchi kross bo‘yicha asosiy topshiriqni bajarishga
kirishgunga qadar, o‘zini bo‘lajak yuklamaga tayyorlashi
kerak. Buning uchun dastlab umumiy tarzda yurish, yengil
yugurish,
oddiy sakrash, har tomonga egilish, qo‘llarni u
yoq-bu yoqqa siltash,
tanani doira qilib aylantirish, oyoqlarni
siltash orqali pay va bo‘g‘inlar faoliyatini kuchaytirish,
yirik mushaklar guruhini mustahkamlash maqsadida o‘tir-
gan holda sakrash mashqlarini bajarish lozim. So‘ng bir,
ikki oyoqda ketma-ket sakrashlar va asta yugurish (1—3
daqiqa) bajariladi. Kross tayyorgarligi mashg‘ulotlarida
qizlar va o‘g‘il bolalar alohida-alohida, guruh bo‘lib yugu-
radilar. Ularning har qaysisiga turlicha topshiriq beriladi.
Dostları ilə paylaş: