5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

18- rasm.
19- rasm.


25
„Uchish“ tugab, tovonlar yerga tegishi bilan oyoqlar
tizzadan yumshoq bukiladi. Bunda dumbaning birinchi yer-
ga tegib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Har ikki oyoq bir
xil masofada yerga tushishi, oyoqlar qumga tushgandan keyin
tanani to‘g‘ri chiziq bo‘ylab oldinga tashlash yoki yon
tomonga qarab yiqilish lozim. Shundan keyin sakrash
chuqurligidan oldinga yoki yon tomonga chiqish mumkin.
BALANDLIKKA SAKRASH
Maktab jismoniy tarbiya dasturida eng sodda bo‘lgan
„Xatlab o‘tish“ usuli bilan yugurib kelib balandlikka sakrash-
ga o‘rgatiladi. Sportchilar orasida balandlikka sakrashning
„Umbaloq oshish“ va „Fosberi-flon“ (lentadan orqa tomon
bilan oshib o‘tish usuli) kabi usullari keng tarqalgan.
Ikkinchi „Fosberi-flon“ usuli Mexikoda o‘tkazilgan Olim-
piya o‘yinlarida (1968- yili) 2 m 24 sm natija bilan 1- o‘rinni
olgan amerikalik sportchi Richard Fosberi nomi bilan bog‘-
liq, shu usulni u birinchi bo‘lib qo‘llagan edi. Shu kunga-
cha balandlikka sakrash bo‘yicha jahon rekordi 2 m 45 sm ga
teng bo‘lib, Xaviyer Sotomayorga (Kuba), ayollardan Sevka
Kostadinovaga (Bolgariya) tegishli bo‘lib, u 2 m 09 sm ga
sakragan.
Yugurib kelib
„ xatlab o‘tish“
usuli bilan balandlikka
sakrash usulini o‘rganish uncha qiyin emas. Buning uchun
o‘rnatilgan plankaga yoki arqonga, rezinkaga, lentaga 30—45°
burchakdan yaqinlashib kelib plankadan uzoqda turgan oyoq
bilan sakraladi. Tizzadan bukilgan boshqa oyoq yuqoriga
kuchli siltanib plankadan o‘tkaziladi hamda tezda to‘g‘rila-
nib pastga tushiriladi (20- rasm).
20- rasm.


26
Bunday sakrashda oyoqlar harakati qaychi harakatiga
o‘xshab ketadi. Sakrovchi siltangan oyoq bilan yerga tushadi
va plankaga nisbatan yon yoki old tomon bilan turib qoladi.
Balandlikka sakrash jarayoni quyidagilardan: yugurib
kelish, siltanish, planka (arqon)dan o‘tib, yerga tushishdan
iborat. Shunga ko‘ra siltanish joyini mana bunday belgilash
mumkin. Buning uchun eng yaqin ustunning oldiga kelib
(chap yoki o‘ng tomondan kelish mumkin), unga orqa
bilan turiladi va 2 — 2,5 qadam (to‘g‘ri burchak ostida)
o‘lchanadi, shunda plankaga qo‘l uzatganda yetar-yetmas
bo‘lishi kerak. Shu joyni siltanish joyi, deb hisoblasa bo‘ladi.
Bu joyni doira qilib, bo‘r bilan chizib qo‘yiladi. Endi
xuddi shu yerdan yugurish joyi o‘lchanadi.
O‘quvchilar uchun yugurib kelish masofasi besh-to‘qqiz
yugurish qadamidan iborat bo‘ladi. Buni o‘lchash uchun
siltanish joyidan boshlab, yugurib kelinadigan tomonga
qarab, 10 — 18 oddiy qadam bo‘lgan yugurish masofasi
(eslatib o‘tamiz, bir yugurish qadami ikki oddiy qadamga
teng) belgilanadi. So‘ngra yugurish boshlanadigan joy bel-
gilanadi. Chiziqqa oyoqni qo‘yib, dastlab o‘rta tezlikda
yuguriladi. Birinchi qadamlar oyoq kaftidan boshlab qo‘-
yiladi, oxirgi uch qadam esa tovondan qo‘yiladi (oyoqni
sudrash yo‘li bilan yerga yumshoqroq qo‘yishga harakat
qilinadi). Qo‘llar oddiy yugurishdagi kabi harakatlantiri-
ladi, gavda (deyarli so‘nggi qadamgacha) oldinga egilgan
bo‘ladi. So‘nggi ikki qadamda barcha e’tibor siltanishga
qaratiladi. Bunda ko‘zlar planka yoki siltanish joyiga qa-
ratiladi, iyak ko‘krakka tegib turadi.
Har kim o‘ziga qulay bo‘lgan holatda yuguradi. O‘qi-
tuvchi (yoki biror sinfdosh) sakrash joyini ko‘rsatadi. Agar
sakrash joyi plankadan uzoqroq bo‘lsa, sakrash chizig‘i
oldinga suriladi va yugurib tezlanadigan joy qadamlab o‘lchab,
belgilab qo‘yiladi. Tezlanishni aynan bir oyoqdan boshlash
(qaysi oyoq oldindaligi eslab qolinishi) kerak. Har gal
tezlanish boshlanganda birinchi qadam uzunligi bir xil bo‘lishi
shart, shunda sakrash chog‘ida oyoq chiziqqa to‘g‘ri keladi.
Sakrash chog‘ida tezlik eng yuqori darajada bo‘lishi lozim.
Yugurishni erkin bajarish, faqat tezlik haqida o‘ylash zarur.


27
Sakrashga yaqin oxirgi qadam avvalgilariga qaraganda
tezroq qo‘yiladi, oyoqni taxtaga (sakrash plankasiga) juda
tez qo‘yib, butun diqqat bir yerga jamlanadi. Tovon yerga
sal tegdi deguncha, tezda oyoq kaftiga tayaniladi. Shundan
so‘ng gavda darhol rostlanadi va faqat oldinga qaraladi.
Siltanish va plankadan sakrab o‘tishda
barcha harakatlar
avvalgilaridan tezroq bajariladi. Bunda juda tez harakatlanib,
oyoqni shu zahoti oldinga chiqarish va darhol depsinish
lozim. Siltanish oyog‘i planka bilan bir yo‘nalishda bo‘ladi,
qo‘l harakati tirsakni yelka barobarida oldinga cho‘zish bilan
yakunlanadi, oyoq siltanish jarayonida quyidagilar (depsi-
nish — to‘g‘ri oyoq bilan, gavda rostlanadi, siltanish oyog‘i —
tizza yuqorida, qo‘llar oldinga siltanadi va plankaning ikki
tomoniga tushiriladi) bo‘lib o‘tadi (21-rasm).
Plankadan o‘tgach, siltangan oyoqni tezda pastga-orqaga
tortiladi, gavda tiklanadi va bir yo‘la oyoq o‘ziga tortiladi
(oyoq uchida to‘p tepgandek), so‘ngra siltangan oyoq bilan
yerga tushiladi va boshqa oyoq bilan bir qadam orqaga
ketib, qad rostlanadi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin