20
maktabga yaqin bo‘lgan bog‘lar, alleyalar, yo‘lakchalardan
foydalanish ham mumkin. Ammo bunda joylar yaxshi
ko‘rinishga, muyulishlarda velosiðedchi
yoki piyoda bilan
to‘qnashib ketilmasligiga ahamiyat berish kerak.
Yugurish shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lina-
di: start, tezlanish, masofa bosib o‘tish, finish. Yaqin
masofalarga past start qo‘llaniladi, undan to‘g‘ri foydalanish
qisqa paytda maksimal tezlikka erishish imkonini beradi.
O‘rta va uzoq masofalarga yugurishda yuqori start
qo‘llaniladi. U bajarilishiga qaraganda ancha oddiy, lekin
undan
unumli foydalanilsa, masofaning dastlabki metrla-
rida ilgarilab ketish mumkin.
QISQA MASOFALARGA YUGURISH
Respublikamizda 13—14 yoshli o‘g‘il bolalar va qizlar
bilan 60 metr masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan muso-
baqalarda yuqori natijalar qayd etildi. Bunda o‘g‘il bolalardan
David Buchkov 7,1 s, qizlardan Lyubov Perepelova 8,0 s
natija ko‘rsatib, respublika rekordini o‘rnatdilar (Toshkent
sh.). Bu masofaga yugurish bo‘yicha jahon rekordi 6,39 s.ga
teng (elektron sekundomer bo‘yicha). U ham bo‘lsa, ameri-
kalik
Moris Gringa, ayollardan rossiyalik Irina Privalovaga —
6,92 s (elektron sekundomer bo‘yicha) tegishlidir.
Jismoniy tarbiya darslarida 30, 40, 50, 60 m masofalarga
(1, 2, 3 o‘quvchi) oddiy sekundomer asosida yuguriladi.
Bir necha darsdan keyin esa dastlab 30 m ga, yana 2—3
darsdan keyin 60 m ga yugurish bo‘yicha me’yorlar
topshiriladi.
Pastki start.
Pastki startdan yugurib ketishda tayanch-
dan, chuqurcha yoki start kolodkalaridan foydalaniladi.
„ Startga“
buyrug‘i berilganda: tiz cho‘kib, qo‘llarga
tayaniladi, bunda bir oyoq tizzasi yerga tegib turadi, ikkin-
chisi tayanchga tiraladi; bosh barmoqlar ichkariga qarab
turadi, qo‘llar to‘g‘rilanadi, gavda og‘irligi qo‘l va tizzaga
bir xil tushiriladi; boshni egib start chizig‘iga qarab turiladi
(15-
a
rasm).
21
„ Diqqat“
buyrug‘i berilganda,
orqada turgan oyoq tizzasi
yerdan uziladi, gavda og‘irligi to‘rt „nuqta“ga — qo‘l va
oyoqlarga taqsimlanadi (15-
b
rasm).
„ Yugur“
buyrug‘i berilganda gavda darhol to‘g‘rilanib,
orqada turgan oyoq bilan birinchi qadam qo‘yiladi, qo‘llar
bilan keskin harakat qilinadi, so‘ngra ikkinchi, uchinchi va
hokazo qadamlar qo‘yiladi. 6—8 qadamdan keyin gavda
butunlay to‘g‘rilanib olinadi (15-
d
rasm).
Sportchi muayyan masofaga yugurishni boshlaganda
oyoq kaftinigina bosib, katta-katta qadamlar tashlab, qo‘llar
bir
xil harakatlantiriladi; qo‘llar tirsakdan bukilib, ular
musht qilib olinmaydi, gavda oldinga biroz egilgan bo‘lib,
bel unchalik bukilmaydi, tishlarni
bir-biriga qattiq bosil-
maydi, og‘izni ham qattiq yumib olinmaydi. Harakatlarni
erkin bajarishga intilinadi.
Finishga, chamasi, 10—15 metrlar qolganda, yuguruvchi
erkin harakatni saqlagan holda oldinga qaraydi,
yelkasini
to‘g‘rilaydi, diqqatini bir nuqtaga qaratib, tezlikni susaytir-
may, finish chizig‘ini kesib o‘tadi (16- rasm).
Dostları ilə paylaş: