24
masofasidan turib (bu 14 —18 oddiy qadamga teng) shun-
day yugurish kerakki, sakragan chog‘da harakat maksimal
tezlik darajasiga yetsin (18- rasm). Bunday vaqtda yerdan
itarilgan oyoq tez tekislanishi, qo‘llar va tizzalar hamda
kuchli buklangan siltanish oyog‘i oldinga-yuqoriga ko‘ta-
rilishi, tana to‘g‘ri tutilishi lozim. Uchayotgan paytda itaril-
gan oyoq bukiladi va oldinga-yuqoriga siltab ko‘tariladi.
Yerga tushayotganda esa har ikkala oyoq biroz bukiladi,
qo‘llar esa oldinga cho‘ziladi. Uzunlikka sakrashning tarki-
biy qismlari bo‘lgan yugurish, depsinish, uchish va qo‘nish
o‘zaro bog‘liq va muhim hisoblanadi.
„ Uchish“
jarayonidagi harakatlar
. Bunda uchish boshida
sakrashning dastlabki paytiga tegishli holat saqlanadi va har
kim o‘ziga o‘zi „Uchaman“, deb buyruq beradi. „Uchish“
ning boshida gavdaning yuqori qismi dastlab tik holatda
bo‘ladi. Sakragandan keyin tayanch oyoq go‘yo dam olgan
bo‘lib, orqada qoladi. Yerga tushishdan avval har ikki oyoq
siltanib oldinga cho‘ziladi va gavdaning yuqori qismi bu-
kilib, qo‘llar tizzaning ustiga keladi. Endi har ikkala oyoq
bir xil balandlikda tenglashadi va sakrash chuqurligiga pa-
rallel holatda bo‘ladi. Tizzalar ko‘krakka tegib turadi.
Oyoqlarning tovoni birlashtiriladi. Qo‘llar pastga-orqaga
o‘tkaziladi, oyoqlar oldinga cho‘ziladi (19- rasm).
Dostları ilə paylaş: