5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


Yengil atletika mavzusiga doir savollar



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Yengil atletika mavzusiga doir savollar
1. Yengil atletika darslarida qanday jismoniy sifatlar rivojlantiriladi?
2. Yengil atletikadan qanday sport turlari o‘rin olgan?


30
3. Sakrash, yugurish, uloqtirish mashg‘ulotlarida qanday xavfsizlik
texnikasi qoidalariga rioya qilinadi?
4. Stayyerlik va sprinterlik yugurish deganda nimani tushunasiz?
5. Kross yugurishda qaysi jismoniy sifatlar rivojlanadi?
6. Sportchilar qisqa, o‘rta masofaga yugurishda startning qaysi turi-
dan foydalanadilar?
7. Uzunlikka sakrash chog‘ida yugurish joyi qanday aniqlanadi?
BASKETBOL
Basketbol o‘yini sport o‘yinlarining tarkibiy qismi
hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining yangi davlat
ta’lim standartlari va uning umumta’lim maktab dasturidan
o‘rin olgan. Bu o‘yinni barcha mamlakatlarda yetti yoshdan
yetmish yoshgacha hamma sevib, zavqlanib o‘ynaydi.
Basketbol o‘yini respublikamiz hayotiga 1920- yildan kirib
kelgan va hozirgacha barcha o‘quv muassasalari dasturida
mavjud.
Bu o‘yinni AQSHning Springfild kollejida Jeyms Neys-
mit degan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘z talabalari bilan
bundan 110 yil muqaddam o‘ylab topgan. O‘sha paytlarda
to‘pni hozirgidek halqaga otmasdan, balki oddiy savatga
tashlashgan. O‘yinning nomi „basket“ so‘zidan kelib chiqqan
bo‘lib, u „savat“, „bol“ esa „to‘p“ degan ma’noni anglatgan.
Basketbol juda qiziqarli va serqirra, turli harakatlarga
boy o‘yin hisoblanadi. O‘yin chog‘ida tezlik bilan chiqish-
lar birdaniga yon tomonlarga o‘zgartirilib, bir zumda burilib
va to‘xtab, to‘pni bir holatdan boshqa holatga o‘tkazib yoki
to‘satdan uni sherigiga oshirib, o‘zi tezlik bilan bo‘sh joyga
chiqib olish va yana o‘sha to‘pni ilib olib, savatga tash-
lashlar va boshqa harakatlar amalga oshiriladi. Juda ko‘p
sakrashlar shit tagida hujumda va himoyada: birinchisida—
savatga tashlashlar, ikkinchisida—to‘pni sakrab ushlab olib,
hujum zonasiga o‘tishlar, bularning hammasi o‘yin davo-
mida o‘yinchini tark etmaydigan harakatlardir.
Basketbol o‘yini organizmdagi barcha muskullarning
bir tekis va har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.
Basketbol o‘yinida 5 kishidan iborat bo‘lgan ikkita jamoa
ishtirok etadi. Har bir jamoaning asosiy vazifasi raqib


31
jamoaning savatiga iloji boricha ko‘proq to‘p tushirish va
o‘z jamoasi savatiga to‘p tushirmaslikka harakat qilishdir.
O‘yin chog‘ida biror jamoa o‘yinchisining qo‘liga to‘p
tushdi deguncha, u o‘z jamoasi bilan hujumga o‘tishga
haqli. O‘yinchi o‘yinga kirishishdan avval to‘pni to‘g‘ri
ushlashni bilishi kerak (25- rasm).
Mabodo, jamoa qo‘lidagi to‘pni yo‘qotsa, u o‘z
o‘yinchilari bilan himoyaga o‘tadi. Jamoaning g‘olib deb
hisoblanishi uning qanchalik ko‘p ochko to‘plaganiga
bog‘liq. O‘yinda to‘rga tushgan har bir to‘p — 2 ochko
hisoblanadi.
O‘yin uchun basketbol to‘pining o‘zi bo‘lgani ma’qul.
Uning og‘irligi 567 dan 650 grammgacha bo‘lishi zarur.
Ba’zida futbol to‘pini ham ishlatish mumkin. Basketbol
kashf etilgach, ko‘p yillar futbol to‘pi ishlatib kelingan.
Qishloq joylarida maydon yoki tekisliklardan ham
foydalanishingiz mumkin. Buning uchun 28½15 metrli yoki
undan kichikroq 24½22 metrli, yoki 14½12 metrli qilib
basketbol maydoni tayyorlanadi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar mini basketbolni katta-
larga mo‘ljallangan (28½15 m li) maydonda o‘ynasalar ham
bo‘ladi, ammo jarima to‘pini tashlash uchun savatdan
4 metrli masofa belgilanadi. Shitning o‘lchovi 90½120 sm,
to‘r o‘rnatilgan halqaning kattaligi 0,45 m, to‘rning keng
joyi 0,30 m bo‘lib, shitning o‘zi yerdan 2 m 60 sm
balandlikda o‘rnatiladi (26- rasm). To‘p og‘irligi 450—500
gramm bo‘ladi.
Agarda halqaning haqiqiysi topilmasa, uni qo‘lbola qi-
lib yasab olish ham mumkin. Qo‘lda yasalgan shitning
o‘lchami 1,8½1,05 m bo‘lishi kerak. U maydonning yon

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin