32
chizig‘iga o‘rnatilgan ustunga mustahkamlanishi mumkin.
Shundagina, haqiqiy basketbol o‘yinini o‘rgatsa
va mash-
g‘ulotni ko‘ngildagidek tashkil qilsa bo‘ladi.
Basketbol maydonining o‘lchamlari.
Basketbol may-
donining markaziy chizig‘i ikki tomonni, ya’ni jamoangizni
hujum va himoya zonalariga ajratib turadi. Maydonning yarim
halqadan boshlab markaziy chiziqqacha bo‘lgan qismi
raqiblarning oldingi zonasi hisoblanib,
ikkinchi yarmi
sizning himoya zonangiz bo‘lib hisoblanadi. Jarima to‘pi
tashlanadigan maydoncha qismi
3 soniyalik zona
deyiladi
yoki
chegaralangan zona
deb ataladi,
chunki sizning ja-
moangiz to‘p bilan mashg‘ul bo‘lgan paytda ushbu may-
doncha ichida 3 soniyadan uzoq tura olmaydi. 3 soniyalik
zona go‘yo trapetsiya shaklini hosil qilib, 6 metrli yarim va
5 m 80 sm uzunlikdagi maydonning ikki tomonida yon
chiziqlariga biriktirilgan.
Trapetsiyaning yuqori qismi
ja-
rima to‘pini tashlash chizig‘i
deb ataladi, uning uzunligi
3 m 60 sm bo‘ladi. Shu chiziqning o‘rtasidan 1 m 80 sm
radiusli aylana chiziladi, ya’ni
aylananing ichki tomonlari
punktir chiziqlar, tepa aylanasi esa yarimdoira uzilmagan
chiziq chiziladi. Trapetsiyalarning yon chiziqlariga 3 ta 10
santimetrli kalta chiziq chiziladi.
Maydonning o‘rtasidagi
doira markaziy chiziq deb
hisoblanib, uning aylanasi 1 m 80 sm bo‘ladi. Basketbol
o‘yini har doim shu markaziy doiradan hakamning ikki
jamoa o‘yinchilarining o‘rtasidan to‘pni
tepaga otib berishi-
dan boshlanadi. Basketbol o‘yinida mazkur sport kiyimi
kiyiladi: mayka va trusik, maykaning ko‘krak va
orqa qismida
15
2,
60
m
26- rasm.
m
33
raqam tikilgan bo‘ladi. Har bir jamoaning o‘z sardori
bo‘lishi va uning o‘ziga xos belgilari ham bo‘lmog‘i lozim.
Har bir o‘quv mashg‘uloti oldidan sport kiyimlari
ko‘zdan kechiriladi.
Sport kiyimining tozaligi, poyabzal-
ning tagi yumshoqligi, iðlari
tekis taqilgan-taqilmagan-
ligini ko‘rib chiqish kerak. Oyoq kiyimi qulay bo‘lishiga
alohida e’tibor berish zarur.
Tashqari sovuq paytlari o‘yin juda issiq bo‘lmagan
kiyimda o‘ynalsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki o‘yin
paytida kuchli harakat natijasida organizm qizib, terlashi
hamda kiyim nam bo‘lib ketishi va shamollashga olib ke-
lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: