5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


BASKETBOLDA AMAL QILINADIGAN QOIDALAR



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

BASKETBOLDA AMAL QILINADIGAN QOIDALAR
O‘quv mashg‘ulotida quyidagi asosiy qoidalarga amal
qilinadi: mashg‘ulotni boshlashdan avval tayyorlov mashq-
larini bajarish, gavdani biroz qizdirish lozim, chunki bu
har turli pay cho‘zilishlarining oldini oladi. Shundan so‘ng
qo‘l barmoqlarini bukib-yozish, kaftlarning o‘zini aylan-
tirish, silkitish, keyin oyoq uchlarida, tovonlarda, so‘ng
oyoqlarning butun kaftida yurish darkor.
Bulardan tashqari, ilonizi bo‘lib yurib, to‘siqlardan
o‘tish, aylanib o‘tish, tez harakatlar bilan yugurish, to‘-
satdan oldinga engashib o‘tish, to‘xtash, yugurishni o‘z-
gartirib yurish va ishoraga ko‘ra bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa
sakrab o‘tish, to‘pni yerga urib yurish, to‘pni to‘g‘ri chiziq
bo‘ylab olib yurish, to‘pni past olib yurish va ikkala to‘pni
boshqarib aylanib yurish, to‘xtab yurish, yarim o‘tirish,
oyoqlarni bukkan holatda yurish, to‘pni oyoqlar orasidan
chap va o‘ng qo‘l bilan yerga urib yurish harakatlari ba-
jariladi. Shuningdek, baland joydan turib sakrash, bir
oyoqda, ikkala oyoqlarda, 4—5 marta balandga sakrab,
so‘ng yarim o‘tirish holatiga o‘tish mashqlari bajariladi.
Maydonda tartib saqlanishiga va o‘yin tugagach, to‘p-
ni o‘z joyiga albatta olib borishga odatlaniladi. Agar mash-
g‘ulot sport zalida o‘tkazilsa, uning havosini almashtirish,
xonani ortiqcha narsalardan tozalash lozim bo‘ladi.
3 — T. S. Usmonxo‘jayev va boshq.


34
O‘yin paytida toyib ketmaslik uchun maydonning ho‘l
joylari toza latta bilan artib qo‘yiladi.
O‘yinchilar qo‘lida soat, taqinchoq va boshqa narsa-
lar bo‘lmasligi kerak, chunki ular jarohatlanishga sabab
bo‘lishi mumkin.
Basketbolchining dastlabki holati va joydan joyga siljib
yurishi.
Basketbolchi maydon bo‘ylab joydan joyga siljib,
sakrab, to‘xtab, aylanib harakat qiladi. Basketbolchining
rasmdagi holati — bu dastlabki holat hisoblanadi (27- rasm).
O‘yinchi himoyada xohlagancha bir joydan ikkinchi
joyga siljib yuradi. Bunda oyoqlar yelka kengligida, gavda
og‘irligi ikkala oyoqqa bir tekis tushiriladi, tizzalar bukilgan
holatda, gavdani biroz oldinga tashlab, bel qismini to‘g‘ri
ushlab, bosh ko‘tarilgan holda, qo‘llar esa tirsakdan bu-
kilgan va biroz yon tomonga qaratilgan bo‘ladi.
Basketbolchining dastlabki tik holatda turishi o‘rtacha-
dan yuqoriroq bo‘ladi.
O‘rtacha tik turish holatini butun o‘yin davomida qo‘l-
lashning qulayligi shundaki, uning barcha texnik usullari
to‘pni ilib olishda, to‘pni yerga urib, joydan joyga ko‘chib
yurishlarda, to‘pni halqaga sakrab turib tashlashlarda ifo-
dalanadi.
Past holatda bo‘lib turishning qulayligi shundaki, bunda
to‘pni egallab turgan raqib jamoaning o‘yinchisi bilan
kurashish, past uchib kelayotgan to‘pni to‘satdan ushlab
olish va uzatish, bo‘yi baland o‘yinchiga qarshilik ko‘rsa-
tish va qarshi jamoaning halqasiga tezda yorib o‘tish hamda
to‘pni pastlab olib yurish qulaydir.
Yugurish.
Basketbolchining yugurishi yengil atletikachi-
ning yugurishiga o‘xshaydi, ammo uning farqi, oyoqlar
yerdan uzilmay, tovondan oyoq uchigacha to‘liq bosilib
yuriladi va oyoq panjalari yumshoq qo‘yiladi.
Yon tomonga siljib yurishlar
basketbolchiga chapga-
o‘ngga, oldinga-orqaga sirpanib yurishida, ayniqsa, hi-
moyadaligida xohlagan paytda, to‘satdan to‘p uchun ku-
rashga qulaylik yaratadi. Bunda gavda og‘irligi bir tekis, u
oyoqdan bu oyoqqa o‘tkazilib, oyoq panjalari yerdan
uzilmagan holda hamma vaqt sirpanib yurganday bo‘ladi.


35
Oyoqlar tizzadan bukilgan, gavda, bosh va qo‘llar asosiy
tik turish holatida bo‘ladi. Yuqoridagi harakatlarni o‘rganish
uchun quyidagi mashqlarni bajarish maqsadga muvofiq:
a) chap va o‘ngga harakat qilib siljish;
b) oldinga va orqaga siljish;
d) aralash siljish: chapga, o‘ngga, oldinga va orqaga siljish;
e) to‘xtash va ikki qadamlab sakrab yurish.
Qadamlab to‘xtashda basketbolchi yugurish maromini
buzmay so‘nggi qadamni tovondan, kattaroq qilib qo‘yadi,
so‘ng tayanch oyog‘ini bukib, ikkinchi oyog‘ini oldinga
qo‘yib, tezlikni to‘xtatadi va tayanch oyog‘iga tiralib turadi
(28- rasm).
Burilish oldinga, orqaga, yonga va to‘xtashga o‘rganish
bilan birgalikda bajariladi.
Ular orqaga, oldinga tayanch holatdagi oyoqda, bir
joyda turgan holda va harakatda, to‘p bilan yoki to‘psiz
bajariladi. Basketbolchi tayanch oyog‘ida uning uchini yerdan
uzmay turib, ikkinchi oyog‘i bilan depsinadi va uni kerakli
tomonga yo‘naltirib, burilishni bajaradi (29- rasm). Bunda
oyoqlar bukilgan bo‘lib, raqibdan uzoqlashish maqsadida
bir oyoq bilan qadam qo‘yiladi. Albatta, burilish va qadam
tashlashlarni o‘yinchi to‘pni qo‘lga kiritgach bajaradi. Le-
kin, to‘pni bir joyda turib ilib olishda xohlagan oyoq bilan
tayanch hosil qilib turiladi, bordi-yu, shunda to‘p yerga
urib yurilsa „probejka“ qoidasi buzilmaydi.
To‘pni ilib olish va uzatishlar.
To‘pni ilib olish bir
yoki ikki qo‘llab, ko‘krak va yelka balandligida bajariladi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin