6
Gimnastika mashg‘ulotlarida xavfsizlik texnikasi qoi-
dalari:
1. Gimnastika mashg‘ulotlarida, birinchi navbatda, in-
tizomli bo‘lish, mashqlarni bajarish
tartibiga va xavfsizlik
texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilish kerak.
2. Asosiy topshiriqni bajarmay turib, 2—3 daqiqa
davomida badanni qizitib olish lozim. Buning uchun bir
joyda turib, harakat chog‘ida, buyumlar bilan, buyumlar-
siz, tananing ayrim a’zolari
uchun alohida mashqlar
bajariladi.
3. Gimnastika anjomlarida mashq bajarishdan oldin ular
(turnik, brus, tortilish arqoni)ni birma-bir tekshirib chi-
qish lozim. Gimnastika asbob-uskunalari mustahkam o‘r-
natilganligi va puxta tuzatilganiga ishonch hosil qilmay tu-
rib, undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Akrobatika mashqlarini bajarishdan avval esa mat-
larning taxlanishiga, yerga to‘shalishiga ahamiyat berish
kerak, chunki ular orasida bo‘shliq
qolib ketib, sakrovchi
oraliqqa kelib tushishi mumkin.
5. Gimnastika asbob-anjomlarida mashq bajarishda yiqi-
lib, mayib bo‘lmaslik uchun anjom yonida bir kishi yor-
damga shay bo‘lib turishi darkor. Shu bois sakrab tushish
joyiga albatta to‘shak solib qo‘yiladi.
6. Arqonga osilib, tirmashib chiqishda, unga chiquv-
chining diqqatini buzmaslik, chalg‘itmaslik, arqonning ta-
gidan tortmaslik kerak.
7. „Kozyol“, „kon“ ustidan sakrab o‘tishdan oldin ularni
yaxshilab tekshirish, ko‘prigi puxta qo‘yilganligiga, to‘shaklar
to‘g‘ri tashlanganiga ishonch hosil qilish kerak. „Kozyol“,
„kon“dan sakrab o‘tgach, o‘quvchi o‘zini yonga
yoki orqaga
tashlashga harakat qilishini uqtirish lozim.
8. Turnik yoki brusda mashq bajarganda sheriklardan
biri yoki o‘qituvchi uning yonida yordam berish uchun
turishi kerak.
9. Mashg‘ulot vaqtida xavfsizligingizni ta’minlashga
o‘rganishingiz lozim. Agar siz mashq elementini bajarishga
ishonmasangiz, uni to‘xtatishingiz va mashqni oddiylash-
7
tirishingiz hamda anjomdan sakrab tushishni bilishingiz ke-
rak. Yiqilib tushgudek bo‘lsangiz, qo‘lingizni to‘g‘ri ushla-
masligingiz lozim, chunki qo‘lni buka olishlik jarohatla-
nishning oldini olishga yordam beradi. Muvozanatni yo‘qo-
tib orqaga ketib qolsangiz, qo‘llarni bukib orqaga umbaloq
oshishga yoki yon tomonga yiqilishga intilishingiz kerak.
O‘zbilarmonlik qilib, sport anjomlarida mashqlarni musta-
qil bajarish mumkin emas, chunki yiqilish xavfi tug‘ilsa,
hech kim yordam berolmay qoladi.
Bundan tashqari,
mashqlarni bajarish texnikasini bilish ham juda muhim.
10. Mabodo, o‘zingizni noxush sezsangiz, tuzalib ket-
guncha mashg‘ulotga qatnashmay turing.
11. Mashg‘ulotga kiygan kiyimingiz (mayka, shorti, sport
kiyimi) doimo toza, o‘zingizga qulay bo‘lishi, poyabzal
ham ixcham, qulay, toza, yumshoq bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: