tamoyillaiga rioya qilinishi lozimligini o ‘rgatish bilan bir qatorda o‘zi ham muayyan qoidalarga rioya etmog‘i lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: 1. Bolalar psixologiyasi va umumiy psixologiya fanlari bo‘yicha egallangan talabalar bilimiga tayanish; 2. D idaktika sohasida erishilayotgan yutuqlar, ishlab chiqarilayotgan yangi metodlardan faol foydalanish; 3. Talabalarda fanni o‘qitishjarayoniga ijodiy yondashish ehtiyojini shakllantirib borish; 4. Talabalaiga metodika yuzasidan berilayotgan nazariy bilimlami real o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘lash; 5. Talabalar metodika bo‘yicha egallanayotgan bilimlardan amaliyotda foydalanishga qanchalik tayyorligini aniqlab borish; 6
. Psixologiya fanining boshqa sohalari - psixodiagnostika, psixologik treninglar o ‘tkazish metodikasi, psixokorreksiya imkoniyatlaridan foydalanish. Mazkur qoidalar tamoyillarga muvofiq tashkil etilgan bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi kursi talabalarga sifatli metodik bilimning berilishini kafolatlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi
17.1. Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisining shaxsi va faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari 0
‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy ishtirokchilaridan biridir. 0
‘qituvchi — yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odam. Bolalar psixologiyasi fani o ‘qituvchisi bo‘lajak murabbiylarga, tarbiyachilarga kasbiy jihatdan o‘ta ahamiyatli bo‘lgan bilimlar — bolalar psixik taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi bilimlami beruvchi,