ixtiyorsiz esga tushirish vujudga keladi. Ular o‘zlarini biron jihatdan qiziqtiigan, diqqatlarini o‘ziga tortgan narsa va hodisalami beixtiyor ravishda eslarida olib qoladilar. Biron narsani eslash, esiga tushirish assotsiyatsiya tarzida namoyon bo‘ladi. Ulami zlari ataylab esga tushirmaydilar. 0 ‘yin faoliyatida biron narsani eslash lozim bo‘lib qolganda, assotsiyatsiya tariqasida boshqa shunga o‘xshash narsalar ham beixtiyor eslariga tushaveradi. 1 0 .2 . B o g ‘c h a yoshidagi b o la la rd a x o tira n in g rivojlanishi
Bog‘cha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari) o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurot qoldiigan va ulami qiziqtiigan narsalami beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. Ular biror narsani eslarida olib qolishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymaydilar va hali maqsad qo‘yishni uddasidan ham chiqa olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda olib qolishning hukmron bo‘lishi tasodifiy bir hol emas. Buning o‘z sabablari bor. Har bir tarbiyachi-pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlami yaxshi bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotirasini to‘g‘ri rivojlantirish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar xotirasidan keskin farqi, awalo, ular oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Bir qator psixologlar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi xususiyatlaiga ega. Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalaming nerv sistemasi xuddi ilk bolalik davridagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarakteiga egadir, ya’ni ulaming nerv sistemalari haddan tashqari egiluvchan, www.ziyouz.com kutubxonasi