Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi


I BOB. «TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATINING VUJUDGA



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix09.07.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#136220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
42-60

 
I BOB. «TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATINING VUJUDGA 
KELISHI» MAVZUSINING NAZARIY MASALALARI. 
1.1. «Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi» mavzusiga nazariy 
yondashuv
 
Jamiyatni ma’naviy-ma’rifiy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad - yurt 
tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni 
tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’pdan-ko’p muhim 
masalalardan iborat. Bizga ma’lumki, tarixda ko’plab davlatlar va sulolalar hukm 
surgan. Ular ma’lum tarzda o’zlarini ma’rifiy-ma’naviy merosini qoldirgan. 
Xususan, O’rta Osiyoni Chor Rossiyasi istilo qilganidan keyin yerlik aholining 
moddiy va ma’naviy madaniyatiga zarba bera boshladilar. Millat ma’naviyati va 


PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-4, Issue-1, February–2022
 
46 
madaniyatini saqlab qolish va uni yanada yuksaltirish uchun jadidchilar olib borgan 
faoliyatni o’rganish manbalar, hujjatlar asosida xolisona ob’ektiv tahlil 
etilgandagina oydinlik kiritish mumkin. Shu o’rinda Islom Karimovning quyidagi 
fikrlarini keltirib o’tish joiz: «...biz davlatimiz kelajagini o’z qobig’imizga o’ralib 
qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur 
o’zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar 
tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson xuquq 
va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o’z hayotimizga yanada kengroq joriy 
qilishda ko’ramiz. Biz butun ma’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch-totuv, 
erkin va farovon hayot kechirish, o’zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz.»
4
 
Oliy ta’limning sifati va samaradorligini asosiy omillardan biri fan va ta’lim 
uyg’unligidir. Fan va ta’lim uyg’unligi ham asosan yuqori ko’rib chiqqanimizdek 
uch yo’nalishda amalga oshishi samara beradi. 
Jumladan, «Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi» mavzusini 
tashkil etish va boshqarishning o’zi ma’lum bir ilmiy yo’nalishni tashkil etishi 
maqsadga muvofiqdir. Ta’limni tashkil etishning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi va 
qulayligi saviya, sifat va samara talablarning amalga oshishini ta’minlovchi birinchi 
va asosiy qadamlardan biridir. Ta’limning sifatini oshiruvchi, o’qituvchining 
saviyasini belgilab beruvchi asosiy jihatlardan yana biri sifatida o’tilayotgan mavzu 
yuzasidan ilmiy yangiliklardan fan o’qituvchisining doimiy xabardorligidir. 
O’qituvchi «O’zbekiston tarixi» fani bo’yicha yaratilayotgan yangi ilmiy 
adabiyotlar, ilmiy jurnallarda e’lon qilingan maqolalar va boshqa ilmiy nashrlar 
bilan doimiy tanishib borishi zarur. Shuningdek, o’tiladigan mavzuga oid ilmiy-
ommabop nashrlar, tarixiy-badiiy nashrlar va ommaviy axborot vositalarida e’lon 
qilinayotgan materiallar bilan ham tanishib borishi talab etiladi. Bu talablar 
tug’iladigan ilmiy va ilmiy-ommabop nashrlardagi tarixiy voqyealar talqini bo’yicha 
4
Каримов И.А. Юксак маънавият енгилмас куч. – Т., Маънавият, 2008. – Б. 125.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin