PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-4, Issue-1, February–2022
42
“TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATINING VUJUDGA
KELISHI" MAVZUSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Jonuzaqov Adhamjon Abdullahatovich
Namangan muhandislik va texnologiya instituti akademik litseyi
oliy toyifali tarix fani o’qituvchisi
S. Yo’ldashev
FarDU katta o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu uslubiy qo’llanma O’zbekiston tarixini o’qitish va
o’rganishdagi masalalar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek metodik
qo’llanmadan ishidan kerakli ma’lumotlarni interfaol usullar yordamida o’rganish
aytib o’tilgan. Obyekt sifatida akademik litseylar dasturidagi «Turkistonda
jadidchilik harakatining vujudga kelishi»
mavzusi tanlab olingan. Bunda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’quvchilarda
yangi bilim, keng
dunyoqarash, ijodiy fikrlashga yo’naltirilgan faoliyat tahlil qilingan. Ushbu malak
ishidan ta’lim muassasalarida keng miqyosda foydalanish mumkin.
Kalit so’zlar:
Jadid , matbuot , rus tuzem . gimnaziya , mustamlakachilik,
Behbudiy , A,Avloniy , Ibrat Ismoyil Gazpirali o’g’li , Bog’chasaroy.
Jadid
maktabi
KIRISH
Uslubiy qo’llanmaning asoslanishi va uning dolzarbligi.
O’zbekistonning buyuk kelajagini yaratishda,
uni jahonning rivojlangan
mamlakatlari darajasiga erishishida evolyusion rivojlanish yo’li tanlangani, o’zbek
xalqiga xos, tarixan qaror topgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar,
urf-odatlar,
an’analar, axloqiy sifatlar va fazilatlar qo’l kelmoqda. O’zbekistonning birinchi
Prezidenti Islom Karimov: «Men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot,
yo mamot;
yo najot, yo xalokat;
yo saodat, yo falokat masalasidir», degan fikrini