Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   226
-.-

Suhbat metodi -
an'naviy pedagogik metodlar turkumiga kirib, dialog, 
diskussiya tarzida o‘tkaziladi. Ushbu metod orqali insoniy munosabatlar, ularning 


85 
istiqboldagi rejalari, qarashlari va xususiy fikrlarini o‘rganish mumkin. Pedagogik 
suhbat oddiy suhbatdan farq qiladi. Ushbu metod orqali suhbatdoshning ichki 
olamini o‘rganish, uning dunyoqarashi, kelajakdagi rejalari bilan tanishish 
imkoniyati tug‘iladi.
 
Ta'lim-tarbiya tizimi sifatini oshirishda, takomillashtirishda 
yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida 
suhbat uslubidan foydalaniladi. 
Suhbat metodi
– ta'lim muassasasi o‘qituvchilari va tahsil oluvchilar 
jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish 
olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, 
uni amalga oshirish yo'llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga 
kelinadi. Bu metod so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy 
tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita 
aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini 
yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. Suhbat metodidan farq qilib
intervyu olish metodi savollarni oldindan belgilangan izchillikda intervyu yo‘li 
bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki 
kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va 
amaliyotida intervyu tashkil etishning bir necha usullari mavjud: 
- guruhlar bilan ishlash
- intensiv, rivojlantiruvchi; 
- sinash va boshqalar. 
Ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu, test) metodi 
– 
tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki 
hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod orqali o‘rganilayotgan 
muammoning yechimini topish yo‘llari belgilanadi. So‘rash savollari mantiqiy 
izchillikda, nazokatli shaklda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Quyilayotgan savollar 
aniq ifodalanishi, mavjud nuqson va salbiy oqibatlarning oldini olishga 
mo‘ljallangan bo‘lishi lozim. So‘ralgan savolga to‘liq javob olish bilan birga, qat'iy 
shaklda:«ha», 
«yo‘q» 
tarzida 
ham 
javob 
olinadi. 
So‘rashning 
modifikatsiyalashtirilgan shakli – 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin