Bolalar ijodini o'rganish. Bolalar ijodini o'rganish ko‘p qirrali
jarayondir. Bunda ta'lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining o'ziga xos
individual tartibdagi faoliyatlari tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi.
Ularrning turli yozma ishlari, daftarlari, tutgan kundaliklari, she'r va hikoyalari,
hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari, chizgan rasmlari, haykaltaroshlik
ishlari, bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan qo‘shiq va raqslari ularning
dunyoqarashi va ma'naviyatini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Bu
metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari, noyob qobiliyatga ega bolalar ajratib
olinadi. Ayniqsa, bizning respublikamizda mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridanoq iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish
maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Bugungi kunda iqtidorli
yoshlarimiz jahon mamlakatlarining fan olimpiadalarida, turli ko‘riklarda (san'at,
musiqa va boshqa), sport maydonlarida o‘zlarining iqtidorini namoyish
qilishmoqda, zehn va bilim, kuch va chaqqonlik, shijoat va g‘ayrat bobida
dunyodagi boshqa millatlardan kam emasligini namoyish qilishmoqda,
g‘olibliklarni qo‘lga kiritishmoqda. Ta'lim va tarbiya muassasalarida iste'dodli,
iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi fan
olimpiadalari, mavzular bo'yicha ko‘rgazmalar, qushiq va raqs tanlovlari, maktablar
bo'yicha viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Tajriba-sinov metodi –
tajriba- («eksperiment» so'zi lotincha «sinab ko'rish»,
«tajriba quyish» ma'nosini anglatadi) tajriba ishlari, asosan ta'lim -tarbiya
jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini
88
tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tajriba –sinov metodi sharoitga qarab 3
xilda o'tkaziladi: 1. Tabiiy tajriba, 2. Laboratoriyaviy tajriba, 3. Amaliy tajriba.