Savollar: 1.
Kuzatuvchanlikdagi bunday o'zgarish nimalar bilan izoxlanadi?
2.
O'quvchilarning kuzatuvchanligini rivojlantirishda o'qituvchi
qanday rol o'ynaydi?
8-MASALA Maktabgacha yoshdagi (4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan) bolalarga
eksperiment vaqtida o'rganish uchun 15 ta so'z o'qib berildi va bolalardan
o'sha so'zlarni qayta talaffuz qilib berish so'raldi.
So'ngra o'sha bolalarga ayrim narsalar tasviri ishlangan rasmlar guruhi
taqdim etildi. Aytilgan har bitta so'zni (bu safar endi boshqa so'zlarni) eslab
qolish hamda mazkur so'zni esda yaxshiroq saqlab qolishga yordam
beradigan tegishli rasmni ko'rsatish taklif qilindi. Keyin esa rasmlar olib
qo'yilib, bolalarga endi boyagi so'zlarni rasmni ko'rmay turib takrorlash taklif
qilindi. To'rt yashar va yetti yashar bolalar uchun yo'riqnoma (instruktsiya)
tuzib chiqing.
PSIXOLOGIK MASALALAR YECHISH 9-MASALA Bola — maktabgacha yoshdagilarning kattasi. Uning xulq-atvorida
quyidagi omillar seziladi. Masalan, uning ovqat yegisi keladi, lekin ovqat
bersangiz qo'liga oladida, uni oyoq ostiga to'kadi. Agar o'ziga ovqat yegin
deb zo'rlasangiz, u ovqatni yemaydi, lekin dasturxon atrofiga boshqalar
o'tirganda u ham, albatta ovqat yegisi kelib so'ray boshlaydi. Mabodo, onasi
otlanib biror joyga borib kelmoqchi bo'lsa, u albatta ergashadi. Onasi: «qani
otlana qol, birga ketamiz» — degan zahoti bola unga qarab: «Bormayman»
— deydi. Agar shundan keyin onasi ko'cha eshikka qarab yura boshlasa, bola
uning orqasidan: «Men ham boraman», — deb qichqiradi, ona orqasiga
qaytgan zahoti, bola yana borishdan voz kechadi. Bunday manzara bir necha
marta takrorlanishi mumkin va har safar bola albatta yig'lay boshlaydi.
Savollar: 1.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bu bolaning xulq-atvorida
qanday salbiy iroda sifatlari namoyon bo'ladi?