TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA SINF RAHBARINING PEDAGOGIK MAHORATI.
TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA SINF RAHBARINING PEDAGOGIK MAHORATI.
Reja: 1.Ta’lim jarayonida tarbiyaviy ishlarning o’rni
2. Muomala mahorati
3. Tarbiyachining adolat bilan ish tutish mahorati
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o‘smirlar orasida axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiya-chilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.
O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Tarbiya – bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy manbai–shaxslar bo‘lib qoladi–bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o‘z navbatida shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o‘zaro munosa-batlari jarayoni natijasi va jarayonining o‘zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo‘q va demak, jamiyat ularga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zida, shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi to‘g‘risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar. Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga bog‘liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq, shaxs va jamiyat bir narsa va bir xilda o‘xshash bo‘lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador bo‘ladimi (kichik shaxs–katta jamiyat qabilida) yoki yana boshqa muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o‘zaro bog‘liqlik mana shu doiradan chiqishi muhim. U jamiyatda paydo bo‘lib, o‘zini amalga oshirish jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki o‘n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi.
O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etgan-ligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib qoladi.
Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirishishi mumkin.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, aloxida takidlangan: siyosiy tuzumning ozgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillari goyalari, ish uslubiyatlarini ishlab chiqish hamda oqituvchining ijodkorlik faoliyatini qaytadan qurmoq lozimdir.
O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash – ularning ijtimoiy tajriba asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabatlari va o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ularni bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga, jamiyatda ularning o‘rnini va ularning ruhiy holatini aniqlashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosa-batlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo‘naltirilgan tus oladi.
Kattalarning ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini anglab etishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga keladi. Katta avlod tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda namoyon bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rga-nishga, ulardan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadi. Mana shu asosda pedagogika – tarbiya qonunlari to‘g‘risidagi va bolalar hayoti va faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq boshqarish maqsad-larida, ulardan foydalanish to‘g‘risidagi fan yuzaga keladi.
Tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik manaviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq talim tizimida isloxotlarga olimlar va ijodkor o’qitvchilarning oz aksini topmoqda.
Birinchi Prizedentimiz I. Karimov ozining “O’zbekistonning siyosiy –ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari’’ komil risolasida shunday deb yozgan edi:
“Xalqimizning kelajagi uchun suvday, havoday zarur bolgan bunday soxalarga birinchi va eng katta homiy – davlatning o’zi. Ma’naviyat juda nozik tarbiyaviy soxa buni oz bilzrmonlikka tashlab qoyib bolmaydi”
“Maqsadimizga erishishimiz yangi jamiyat qurishimiz, siyosatda ham, iqtisodda ham, ma’naviyat sohasida ham barcha islohotlarning taqdiri osib kelayotgan yosh avlodga bogliq”
“Yurtga, vatanga muhabbat insonparvarlik tuygulari xalqimizning qon qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab avaylsh va yanada takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib oil-qizlari etib tarbiyalash masalasi, ma’naviyat yuzasidagi ishlarimizning asosiy yonalishi tashkil etmogi lozim”
O’zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o’quv muassalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda ma’naviyatni milliy merosimiz bilan birgalikda yosh vatan parvarlarni tarbiyalashda yangicha ish uslublari asosida ijodiy yondashmoqdalar.
Olim, shoir, pedagoglarimiz o’zlarining ilmini izlanishlarida tarbiyaviy tadbirlarni yangicha yo’nalish va tamoyillarni respublika o’qituvchi tarbiyachilarga tavsiya etmoqdalar.
S Ochilovning “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari nomli risolasida I A Karimovnign asoslarini tahlili hamda O’zbekiston konstitutsiyasidan kelib chiqib tarbiyaviy ishlarni yangicha yo’nalishlarini asoslab berdi.
Bo'lajak avlodga: hur-fikrlik, milliy iftixor, milliy qadriyatlarga hurmat, erkinlik va ozodlik, insonparvarlik. birodarlik va liamkorlik, ilmga mehr-muhabbat, iymon va e'tiqod, halollik, axloqiy poklik. madaniy merosga hurmat, adolatparvarlik va ozodlik, baynalminallik, ijodkoriik va lashabbuskorlik, mustaqillikni mustahkamlash va rivojiantirish g'oyalariga sadoqat, musulmon diniga hurmat,'Prezident va davlatni kadrlash kabi sifatlarni tarbiyalash».
Bu g'oyalar O'zbekiston Respublikasi istiqlol taraqqiyotining besh tamoyillari talablariga asoslanib olingan boMib, uning mezonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish mahorati va qoidalaф ham o’z aksini topgandir.
ljodkor ilg'or o'qituvchi-tarbiyachilar o'z faoliyatlari jarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi mahorat tamoyillarini asos qilib oladilar:
- tarbiyaviy tadbirlar o"tkazishdan maqsad milliy ma'naviyatni yosh avlod ongiga singdirish va e"tiqodiga aylantirishdan iborat ekanligi;
tarbiya jarayonining milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'lab bola qalbiga va ongiga ta'sir ko'rsatish;
-tarbiyaviy ishlarni o'quvchilar jamoasini jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib, tarbiyani ta'lim bilan uzviyligini ta'minlash;
tarbiya jarayonida bolalarni tarbiyalangan darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini o'stirish;
bola shaxsiga hurmat va talabchanlik, kabi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tamoyillari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkonta ega bo'Hb, uni qay darajada olib borish tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog'liqdir.
Tarbiyaviy ishlar samaradorligini ta'minlovchi muhim omil pedagogik mahoratdir. Tarbiyachining pedagogik mahorati ko'p qirrali bo'lib u:
mehribon bolalar hamkorligida;
o'quv-tarbiyajarayonidagi hamkorlikda;
bolalaming qayg'u-xasrati, g'ami va omadsizligiga hamdard bo'lishda;
muomala madaniyatida;
chuqur bilim egasi bo'lishida;
o'qituvchining ruhiy holatida (samimiylik xayrixohligi, oliyjanobligi);
jamoa bilan ishlashda vaziyatni ijobiy tomonga san'atkorona yo'naltirishda namoyoi bo'ladi. Kishilik jamiyati taraqqiyotida har bir hunar, u yoki bu ijtimoiy siyosiy masalalarni hal qilishda insondai mahorat talab etishini xalq og'zaki ijodiyotida, yozma yodgorliklarda, afsona, doston, ertak, qissa, hikoyat, rivoyatlarda hamda hurfikrli, dono va marifatparvar mutafakkirlarimizning asarlarida turlicha talqin etilgan.