9
Nima uchun odamlar ruhiy kasal bo'ladilar?
Ongli faoliyat oliy psixik fuksiyalardan biridir.
Ongni evolyutsion - fiziologik
aspektda bosh miya va butun
organizmning murakkab integral yuqori faoliyatini ta'minlochi markaziy
nerv sitemasining xolati deb ta'riflash to'g'ri bo'lar edi.
Yuqori darajada uyushgan xayvonlarda bu psixik faoliyatdir.
Psixoijtimoiy aspektda ongli faoliyat psixik faoliyatdan ajralmasdir.
Ong hamisha nima haqidadir bilim berishdan iborat,
u faoliyat Bilan
bevosita bog'liqdir. Har - hil ruxiy kasalliklarda ong, es xush buzilishi
mumkin. Ruxiy kasalliklardan tashqari es-xush aynishiga sabab bo'ladigan
ta'surotlar bor kalla va miyaning shikastlanishi, intoksikasiyalar, kuchli
ruxiy
jarayonlar kuchli istma bilan o'tadigan yuqumli kasalliklar (tepkili terlama,
bezgak, zotiljam va boshqalar).
Es-xushning aynishi bir necha sekunddan tortib bir necha oyga
cho'zilishi mumkin. (Esning kirarli-chiqarli bo'lib turishi, ambulator
avtomatizm, isterik letorgiya va boshqalar).
Es-xush aynishining ongning yo'qolishi,
buzilishi, to'xtashi tipidagi
xillari quyidagilar: obnubilyatsiya (lotincha nubes ma'nosi bulut) ongning
eng
yengil darajada buzilishi, ong bir necha daqiqa xiralashib tuman
bosgandek bo'lib qoladi tevarak atrofdagi vaziyatni bilish, tanish buzilmaydi,
obnubilyasiyadan keyin amneziya bo'lmaydi.
Dostları ilə paylaş: