• sog‘lom odamda degidratatsiyada (kuchli jismoniy zo‘riqishda,
issiq iqlimda ishlaganda) to‘satdan siydik
rN tushganda va nisbiy
zichligi ortganda:
• barcha
buyrak
kasalliklarida,koptokchali
proteinuriyada
(glomerulonefrit, infeksion va allergik faktorlar ta'sirida, yurak faoliyati
dekompensatsiyasida);
•
homiladorlar nefropatiyasida;
• isitma chikkanda;
• og‘ir metal tuzlari bilan zaharlanganda.
Mumsimon silindrlar.
Konturlari aniq, gomogen strukturali ,
sariq
rangli bo‘ladi. Quyidagilarda xarakterli:
• xar xil genezli nefrotik sindrom
• amiloidoz;
• epitelial kanallaming surunkali shikastlanishi
hujayraviy silindrlarda
(epitelial, eritrotsitar va leykotsitar)
eritrotsit,
leykotsit, epiteliylar yopishib qolgan oqsil asoslari bilan
qoplangan.
Epitelial silindrlar uchraydi:
•
glomerulonefrit;
• amiloidoz;
• og‘ir metallar, salitsilatlar, etilenglikol bilan zaharlanishlarda .
Eritrotsitar silindrlar uchraydi:
• buyrak genezli gematuriyada (glomerulonefrit,
buyrak infarkti,
buyrak venasi trombozi).
Leykotsitar silindrlar xarakterli:
•
Buyrak genezli leykotsituriyada (pielonefrit, yugurigli nefrit).
Donador silindrlar.
Konturlari aniq bo‘lib, qattiq donador
massadan tashkil topgan. Parchalangan eritrotsitlar,
leykotsitlar yoki
hujayra epiteliylaridan tashkil topgan vaquyidagi holatlarda uchraydi:
• kanalchalarning og‘ir degenerativ zararlanishida;
• nefrotik sindromda;
• pielonefritda.
Biroq og‘ir buyrak jarayonlarida va yaqqol silindruriya orasida
aniq bog‘liqlik kuzatilmaydi.
Buyrak silida silindruriya kamdan-kam hollarda kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: