KIRISH
Laborator tashxislash - bemomi klinik tekshirishni
ajralmas qismi
xisoblanadi. Labarator taxlillarsiz klinik tashxis qo'yib bo‘lmaydi.
Shu bilan birgalikda, shifokor-klinitsistlar oldida bugungi kunda
yana bir muxim muammo klinik-laborator ko‘rsatkichlami dori
vositalari ta'sirida o‘zgarishi turibdi. Buning oqibati yetarli darajada
muxim, klinik-laborator tekshiruv natijalarini noto‘g‘ri
taxlil qilish,
noto‘g‘ri tashxis qo‘yilishiga va noratsional muolaja tayinlanishiga olib
keladi. Ko‘pgina shifokorlar klinik-laborator ko'rsatkichlami dori
vositalari ta'sirida o‘zgarishi xaqida yetarli ma'lumotga egaa emas,
garchi bu ularning amaliy faoliyati uchun juda muxim.
Boiajak shifokor bemoming axvoliga,
kasallik patogenezini
bilgan xolda ob'ektiv baxo berishi uchun, kimyo va fiziologiyani
mukammal bilishi kerak. Talaba faqatgina,
xayot faoliyati asosida
yotuvchi asosiy metabolik jarayonlami emas, balki patologik
xolatlardagi bioximik aspektlami xam bilishi zarur.Xamma joy da
qo‘llaniladigan
normal
ko‘rsatkichlar,xamma
yoshdagilar,
ya'ni
chaqoloqlar, bolalar, kattalar va keksa
yoshdagilaruchun aloxida
ko‘rsatilgan (Mosbi, 2013.).
Zamonaviy patologik biokimyodan olgan bilimlami qo‘llash,
shifokorlarga u yoki bu kasallik rivojlanishida sabab-oqibatlar
bog‘liqligini aniqlashga, hamda labarator tashxislash va davolash
tadbirlarini samaradorligini baxolashni rivojlantirishga yordam beradi.
QONNI LABORATOR VA INSTRUMENTAL TEKSHIRUV
USULLARI
Qonning umumiy tavsifl
Qon (sanguis) biriktiruvchi to ‘qimaning ko‘rinishidan biri bo‘lib,
plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan. Organizmning turli a'zo
va sistemalarining o‘zaro ta'sirida shakllanadi.
Qonning shaklli
elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar kiradi.
Shaklli elementlar qon umumiy xajmining 45 % ini, plazma esa
55% ini tashkil etadi. Qon sistemasiga shaklli elementlar va plazmadan
tashqari limfa, qon yaratish va immunopoez a'zolar kiradi (qizil suyak
ko‘migi, timus, taloq,
limfatik tugunlar, limfoid to‘qima to‘planishi).
Qon sistemasida barcha elementlar gistogenetik va funksional
o‘zaro bog‘langan va neyrogumoral boshqarilish umumiy qonunlariga
bo‘ysunadi. 0 ‘rtacha qon inson tana vaznining 6-8 % ini tashkil etadi;
70 kg vaznli odamda qon xajmi 5 litrga yaqin.
Qon organizmdagi eng xarakatchan muxit bo‘lib, turli
ahamiyatsiz
fiziologik va patologik siljishlarga tez javob beradi. Qon tarkibi
o‘zgarishi dinamikasini baxolab, klinitsist, turli a'zo va to‘qimalarda
kechayotgan jarayonlarni bilishga xarakat qiladi.
Ko‘p
xollarda qonni
morfologik va bioximik tekshiruv
natijalarisiz, kasallikka erta va to‘g‘ri tashxis qo‘yish, maqsadga
yo‘naltirib davolash, kasallik oqibatini to‘g‘ri taxmin qilishni iloji yo‘q.
Bunda takroriy tekshiruvlar
katta axamiyatga ega, chunki gematologik
siljish dinamikasi patologik jarayon dinamikasini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: