• qon olib bo‘lgandan so‘ng jaroxatlangan joyga, 70° li spirt bilan
xo‘llangan spirtda steril tampon qo‘yiladi;
Gemoglobin (haemoglobinum)
erkaklardar- 130-160 g/1
ayollarda- 120-140 g/1
Gemoglobinni tekshirish eng
muxim va asosiy laborator
tekshiruvlardan biri xisoblanadi. Eritrotsitlar soni bilan birga
aniqlanganda,
anemik
xolatlarni
baxolashda
muxim
laborator
qo‘rsatkich xisoblanadi.
Gemoglobin
- xromoproteidlarga kirib, qonning asosiy nafas
oqsili xisoblanadi. Oqsilli (globin) va oqsilsiz (gem)
qismlardan tashkil
topgan. To'rttalik oqsil bo‘lib, to‘rtta subbirlikdan tashkil topgan,
ularning xar biri gem bilan bog‘langan polipeptid zanjimi xosil qiladi.
Polipeptid zanjirlar juftli bir xil: 4 molekula gem bilan bog‘langan, 2 ta
a globin tipli zanjir va 2 ta boshqa tipli (P, у i 6) zanjir. Gem - temir
atomi bilan bog‘langan, protoporfirin IX molekulasi. Xar bir
gemoglobin tetrameri 4 tagacha kislorod molekulasini qayta bog‘lashi va
transportirovka qilishi mumkin. 65 %
gemoglobin, eritrotsitning yadro
saqlovchi yetilish bosqichida, 35 % esa — retikulotsit bosqichida xosil
boiadi. yetilgan normotsit bosqichida gemoglobin sintezi to‘xtaydi.
Xozirgi kunda gemoglobinning 3 ta asosiy turi ma'lum: Hb A, Hb
F va Hb A2. Asosiy turi A bo‘lib, normada
umumiy gemoglabinning
96-98 % ini tashkil etadi, Hb A2 esa atigi 2 - 3
%
ni tashkil etadi. Yangi
tug‘ilgan chaqaloqda asosiy o‘rinni egallovchi fetal gemoglobin (Hb F),
katta odam qonida 1—1,5 %ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: