Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Aniqlash у о ‘llarL
20 mkl qon 5 ml transformirlovchi eritmaga quyiladi, yaxshilab 
aralashtiriladi, 20 minutga qoldirilib, so‘ngra fotoelektrokolorimetrda 
500-560 nm (yashil yorug‘filtr) to‘lqin uzunligida, 1 sm qalinlikdagi 
transformirlovchi eritmaga yoki distillirlangan suvga qarshi kyuvetda 
o‘lchanadi. Natijalar g/1 da ifodalanadi.
Qondagi gemoglobin miqdorini kalorimetrik usulda aniqlash
Qondagi gemoglobinni taxminiy aniqlash uchun ba'zan Sali 
gemometridan foydalaniladi. Usul tekshiriluvchi eritma bo‘yalish 
intensiv gematinga aylanadi. Xosil bo‘lgan eritma kolorimetlanadi:
• graduirlangan pipetkaning pastki dumaloq belgisigacha, xlorid 
kislotaning detsinormal eritmasi quyiladi;
• so‘ngra probirkaga kapillyar pipetka yordamida,20 mkl 
barmoqdan olingan tekshirilayotgan qon quyiladi;
9


xlorid kislota bilan qon, probirkani pastki qismiga yengil urilib, 
yaxshilab aralashtiriladi. Qon rangining o‘zgarishi 5 daqiqa davomida 
kuzatiladi;
• vaqt tugaganidan keyin suyuqlik, intensivligi standart eritma 
bo‘yalish intensivligi 
bilan bir xil 
bo‘lguncha astalik bilan 
aralashtiriladi;
• eritmaning 
pastki 
meninsk 
satxidagi 
shkala 
raqami 
gemoglobinning 
grammfoiz 
(g%), 
gramm 
litrdagi 
(g/1) 
konsentratsiyasini ko‘rsatadi.
Gemoglobinning normadagi miqdoriy tarkibi:
• yangi tug‘ilgan chaqaloqda - 136-196 g/1;
• uch oylikda- 105-125 g/1;
• 1 yoshli bolada - 110-130 g/1;
• 10 yoshli bolada — 115—148 g/1
• erk ak lard a-130-160 g/1;
• a y o lla rd a -120-140 g/1.
Qonda 
gemoglabinning 
konsentratsiyasini 
kamayishi 
oligoxromemiya (yoki gemoglobinopeniya) deyiladi.
Quyidagi xolatlarda kuzatiladi:
• anemiyalarda (temir yetishmovchilik, gemolitik, gipoplastik, 
V12-tanqislik);
• o‘tkir qon yo‘qotishlarda (birinchi sutkasida qon quyuqlashishi 
xisobiga, gemoglabin konsentratsiyasi chin anemiya sur'atiga mos 
kelmaydi);
• yashirin qon ketishlarda;
• xavfli o ‘smalar va ulaming metastazlari;
• suyak ko‘migi, buyrak va ba'zi boshqa a'zolar zararlanishida;
• aplastik anemiya chaqiruvchi (o‘smaga qarshi, talvasaga qarshi, 
og‘ir metallar, ba'zi antibiotiklar, analgetiklar) yoki gemoliz yuzaga 
keltiruvchi 
ba'zi 
dori 
vositalari 
(penitsillin, 
levomitsetin, 
sulfanilamidlar).

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin