Qon yaratish xaqida tushuncha
Barcha qon xujayralari umumiy polipotent o ‘zak xujayradan
rivojlanadi. Turli qon xujayralariga aylanishi esa, qon yaratish
a'zolarining retikulyar to‘qimasi va maxsus gemopoetinlar ta'sirida
amalga oshadi.
Xujayralar parchalanishi va yangidan xosil bo‘lish jarayonlari
o‘zaro muvozanatlashgan, shuning uchun qonning tarkibi va miqdori
doimiy bir xilda ushlab turiladi. Gemopoez va immunopoez a'zolari
o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, qon xujayralarining migratsiya, sirkulyasiya
va retsirkulyasiyasi yo‘li bilan, qon yaratish va taqsimlanishining
neyrogumoral boshqarilishi bilan amalga oshiriladi.
4
Birinchi sinf polipotent xujayra-o‘tmishdoshlari o‘zak qon yaratish
xujayrasi xisoblanadi.
Morfologik belgilariga ko‘ra bu xujayralar limfotsitlami eslatadi:
xujayraning o‘rtacha diametri -
8-10 mkm, shakli yumaloq yoki
noto‘g‘ri. Yadrosi och-qizil, ko‘pincha gomogen, yumaloq yoki
buyraksimon shaklda. Yadrosida 1-2 ta yirik yadrochalar bor.
Sitoplazmasi ingichka xoshiya ko‘rinishida, och xavorang, donador
emas. Bu xujayralar qon yaratilishining barcha qatori bo'yicha tez
proliferatsiya va differensiyalash xususiyatiga ega.
Ikkinchi sinf qisman determinirlangan polipotent xujayra-
o‘tmishdoshlari, limfopoez va gemopoez o‘tmishdoshlari xisoblanadi.
Bu xujayralar suyak ko‘migida joylashgan. Ularning o‘z-o‘zini qo'llash
xususiyati cheklangan.
Uchinchi sinf unipotent xujayra-o‘tmishdoshlari, koloniya xosil
qiluvchi xujayra kulturalari (granulotsitlar va monotsitlar o‘tmishdoshi),
eritropoetinga sezgir xujayralar, V-limfotsit va T-limfotsitlar xujayra-
o‘tmishdoshlari, trombotsitlar xujayra-o‘tmishdoshlari.
Morfologik jixatdan poetinga sezgir xujayralar o‘zak xujayralardan
farq qilmaydi, xuddi yirik va o‘rta limfotsitlarga o'xshaydi. Agar o‘zak
xujayralaming faqatgina 10-20 % i mitotik siklda qatnashib, qolganlari
tinch tursa, xujayra-o‘tmishdoshlari orasida prolifereratsiyalovchi 60-
100 % qismini tashkil etadi.
To‘rtinchi sinf morfologik aniqlaniladigan prolifere-ratsiyalovchi
xujayralar. Xar bir qon yaratish qatorining blast xujayralarnini tutadi
(limfoblastlar, plazmoblastlar, monoblastlar, mieloblastlar, eritroblastlar
va megakarioblastlar).
Beshinchi sinf - yetilayotgan xujayralar. Oltinchi sinf - xayot sikli
cheklangan yetilgan xujayralar.
Odatda normada periferik qonda asosan oltinchi sinf xujayralari
bo‘ladi, qonda xujayra turiga qarab bir necha soatdan, bir necha oygacha
saqlanadi.
Embrional gemopoez embrionda avval sariqlik qopi devorida,
keyin jigarda, suyak ko‘migida va limfoid a'zolar (timus, taloq, limfatik
tugunlar) da kechadi. Postembrional gemopoez maxsus gemopoetik
to‘qima - mieloid to‘qimada: eritrotsitlar, granulotsitlar, trombotsitlar,
monotsitlar va limfotsit o‘tmishdoshlari xosil bo‘ladi, va limfoid
5
to‘qimada: T- va V-limfotsitlar va plazmotsitlar differensirlanadi
ko‘payadi va kechadi.
Mielopoez naysimon suyaklar (son va yelka) epifizida va ko‘plab
g‘ovaksimon suyak bo‘shliqlarida (umurtqalar, qovurg‘alar, chanoq
suyagi, yonoq) joylashgan mieloid to‘qimada amalga oshadi.
Qon
yaratish o‘choqlari katta odamda 206 ta skelet suyagida mavjud.
Limfopoez timus, taloq, limfatik tugunlardagi limfoid to‘qimalarda
kechadi.
Suyak ko‘migidagi xujayra-o‘tmishdoshlarining, periferik qondagi
yetilgan xujayralarga nisbati butun umr davomida saqlanib qoladi.
Qizil suyak ko‘migi umumiy suyak ko‘migi substansiyasining 50%
iga teng va 1400 gr ni tashkil etadi, ya'ni jigar og‘irligi bilan teng.
Qonning xujayraviy tarkibini kerakli miqdorda ushlab turish uchun,
katta yoshli 70 kg vaznli odamda xar kuni 2x 1012 eritrotsit, 45 xlO9
neytrofil, 109 monotsit va 175x 109 trombotsit ishlab chiqarilishi kerak.
Suyak ko‘migida o‘zak xujayradan yetilgan xujayra xosil boMishi uchun
ketgan vaqt eritroid qatorda 12 sutkani, granulotsitar qatorda esa 13-14
sutkani tashkil etadi.
Suyak ko‘migida xosil bo‘lgan xujayralar, yetilgandan so‘ng bir
xilda qon oqimiga tushadi, sirkulyasiya vaqti xar bir xujayra tipida xuddi
shunday doimiy: eritrotsitlar 120 sutka, trombotsitlar - 10 sutka,
retikulotsitlar - 24-27 soat, neytrofillar - 30 min dan 2 sutkagacha,
limfotsitlar esa - o‘rtacha 2-3 xaftadan
100-200 kungacha,
immunologik xotira xujayralari - 20 yilgacha.
Normal xolatda suyak ko‘migida xosil bo‘layotgan qon, organizm
extiyojlarini qondirishdan tashqari, xujayralar zaxirasini tayyorlab
qo‘yadi: suyak ko‘migida yetilgan neytrofillar miqdori, qon oqimidagiga
nisbatan 10 marta ko‘p. Retikulotsitlarning xam, suyak ko‘migida 3
kunlik zaxirasi bor.
Leykotsitlar, eritrotsitlar va gemoglobinning o‘rtacha normal
miqdori xar xil mualliflar bo‘yicha, oxirgi yuz yilda ahamiyatli
o‘zgarmagan. Xulosa qilish mumkinki, ilmiy-texnik jarayonlari bilan,
inson
yashash
muxiti
o‘zgartirilgan
bo‘lsa-da,
qon
yaralishi
turg‘unligicha qolgan.
6
|