Leykotsitlarning miqdoriy tarkibi
Norma: 4,0-9,0 x l0 9/l
Leykotsitlar sonining 9,0 x 109/1 dan ortishi leykotsitoz, 4,0 x 109/1
dan kamayishi esa - leykopeniya deyiladi. Biroq 1 1 da 3,5 x 109
miqdordagi leykotsitlar miqdori ham, ba'zi insonlar uchun norma
xisoblanadi.
Adabiyot ma'lumotlariga ko‘ra, bunday insonlarda immun
qarshilik kuchli va ular kam kasallanishadi.
Shunisi aniqki, aynan periferik qonida leykotsitlar soni kam
sog‘lom odamlarda, ulaming to‘qimadagi rezerv miqdori yuqori. Bu
fenomen nasliy-oilaviy xarakter yoki parasimpatik nerv tizimining ta'siri
yuqori bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
Leykopeniyafunksional va organik bo ‘lishi mumkin.
Funksional leykopeniya
qon yaratish regulyasiyasining buzilishi
bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi xolatlarda kuzatiladi:
• ba'zi bakterial va virusli infeksiyalarda (qorin tifi, gripp,
suvchechak, qizilcha, Botkina kasalligi, qizamiq);
• dori vositalari ta'sirida (sulfanilamidlar, analgetiklar, talvasaga
qarshi, antitireoid, sitostatik va boshqa preparatlar);
• mushaklar ishida, begona oqsil kiritilganda, nerv va temperatura
ta'sirida, och qolganda, gipotonik qolatlarda;
• yolg‘on leykotsitopeniya qon uzoq vaqt xona temperaturasida
saqlanganda, leykotsitlar agregatsiyasi natijasida kuzatiladi (4 soatdan
ortiq).
Organik leykopeniya,
suyak ko‘migi aplaziyasi va uning yog‘
to‘qimasi bilan almashinishi natijasida, quyidagi xolatlarda:
19
• aplastik anemiyalar;
• agranulotsitozda;
• leykozning leykopenik shaklida;
• limfogranulematozning ba'zi shakllarida;
• ionizirlovchi nurlanishda;
• gipersplenizmda (birlamchi va ikkkilamchi;
• kollagenozlarda.
Levkotsitoz-
bu qon yaratish tizimining ekzogen va endogen
faktorlarga reaksiyasi. Fiziologik va patologik leykotsitoz farqlanadi.
Fiziolopik levkotsitoz kuzatiladi:
• ovqat xazm qilish bilan bog‘liq - asosan oqsilga boy ovqat
maxsulotlari iste'mol qilinganda;
• leykotsitlar soni 10,0-12,0 x 109/1 dan oshmaydi va
3-4
soatdan
keyin normaga qaytadi;
• emotsional zo‘riqishlarda (adrenalin ajralishi), og‘ir jismoniy
zo‘riqishda, sovuq qotishda, qo‘p muddat quyoshda ostida bo‘lganda
(quyoshdan kuyish), qator gormonlar qabul qilinganda (katexolaminlar,
glyukokortikosteroidlar va x.k), xomiladorlikning ikkinchi yarmida,
menstruatsiya vaqtida va leykotsitlarni qonda notekis tarqalishi bilan
bog‘liq.
Patolozik levkotsitoz
absolyut va nisbiy boiadi.
Absolvut
- qonda leykotsitlar sonining bir necha yuz minggacha
ortishi (100,0-600,0 x 109/1 va undan yuqori). Ko‘proq leykozlarda
kuzatiladi: surunkali leykozda - 98-100 % xollarda, o ‘tkir leykozlarda
esa - 50-60 %. Suyak ko‘migi punktatida va qonda leykotsitar qator
nisbatining buzilishi, leykozlaming asosiy diagnostik omili xisoblanadi.
Nisbiv
levkotsitoz kuzatiladi:
• o‘tkir yallig‘lanish va infeksion jarayonlarda, qorin tifi, gripp,
suvchechak, qizilcha, Botkina kasalligi, qizamiqda kuzatilmaydi. Eng
yuqori leykotsitoz (do 70,0-80,0 xD 109/1) sepsisda aniqlanadi;
• toksik moddalar ta'sirida (xasharotlar zaxari, endotoksinlar),
ionizirlovchi radiatsiya (nurlangan zaxoti);
• kortikosteroidlar,
adrenalin,
gistamin,
atsetilxolin
ta'siri
natijasida;
• to‘qimalar yemirilishida (nekrozda),
miokard
infarktida,
periferik
arteriyalar trombozida gangrenalar rivojlanishi
bilan,
20
kuyishlarda, ekssudativ plevritda, perikarditda, uremiyada, buyrak
komasida;
• shikastlanishlar oqibatida qon yuqotilganda, ichki, ginekologik
va boshqa qon ketishlarda.
Infeksion kasalliklarda leykotsitlar sonining ortishi, qo‘p xollarda
leykotsitar formulani chapga siljishi bilan birga kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |