Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Eritrotsitlami morfologik o‘zgarishi



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Eritrotsitlami morfologik o‘zgarishi
Qizil qon tanachalarini morfologik tekshirish, ularning umumiy 
sonini va gemoglabinni tekshirish bilan birga qimmatli usul xisoblanadi.
Bu eritrotsitlardagi patologik o‘zgarishlami, diagnostik va 
prognostik aniqlashga imkon beradi.
Qizil qon tanachalari morfologiyasini bilmasdan, qon kasalligiga 
tashxis qo‘yish, anemiyalarni qiyosiy tashxisini o‘tkazish mumkin emas.
Shuning uchun eritrotsitlar morfologiyasi aniq ko‘rsatilmagan 
bo‘lsa, qon taxlili noto‘liq xisoblanadi.
15


Klinik maqsadlarda eritrotsitlar morfologiyasini Romanovskiy -
Gimza usulida bo‘yalgan preparatda tekshirish qulayroq.
Qon preparatlarini texnik tayyorlash va ulami Romanovskiy -
Gimza usulida bo‘yash leykotsitlar morfologiyasi bo‘limida keltirilgan. 
Bunday xolatda yaxshi tayyorlangan surtma va yaxshi bo‘yash, 
morfologik xususiyatlarini to‘g‘ri aniqlash uchun zarur sharoit 
xisoblanadi.
Anizotsitoz -
bir xil vaqtda, turli xil o ‘lchamdagi eritrotsitlaming 
aniqlanilishi. Sog‘lom odamda eritrotsit diametri 6-8 mkm ga teng.
Turli xarakterli anemiyalarda eritrotsitlar o‘lchami o ‘zgarishi mumkin.
Mikrotsitlar -
diametromi 6 mkm dan kichik eritrotsitlar - temir 
yetishmovchilik anemiyasiga xarakterli,
Makrotsitlar
- diametromi 9 mkm dan katta eritrotsitlar - jigar 
kasalliklarida va splenoktemiyadan keyin kuzatiladi.
Mesalotsitlar
- yirik (12 mkm atrofida), ovalsimon giperxrom 
с
eritrotsitlar, megaloblastlar yetilganda xosil bo‘ladi - organizmda 
vitamin V I2 va foli kislota yetishmaganda paydo bo‘ladi.
Eritrotsitlar yetilishining patologik xolatlarida anizotsitoz bilan 
birga, 
ularning shaklini 
o‘zgarishi - poykilotsitoz kuzatiladi: 
cho‘zinchoq, ovalsimon, noksimon, o‘roqsimon, sharsimon va x.k 
shaklli eritrotsitlar.
Suyak ko‘migining eritropoetik funksiyasi yetishmovchiligida, 
suyak ko‘migidan qonga yetilmagan «yadroli» qizil qon elementlari -
normoblast va eritroblastlar chiqadi.
Eritrotsitlar yetilishining patologik xolatlarida, eritrotsitlarda «Jolli 
tanachalari» - olchaqizil rangga bo‘yaluvchi, diametri 1-2 mkm li 
yumaloq xromatin xosilalari va «Kebot xalqasi» - qizil, xalqa, sakkiz 
ko‘rinishidagi yadro qobig‘i qoldiqlari saqlanishi mumkin.( Asosan 
V12-tanqislik anemiyada uchraydi).
Eritrotsitlaming bazofil donadorligi, ko‘k donachalar ko‘rinishida 
keltirilgan. Bunday eritrotsitlar qo‘rg‘oshin va og‘ir metall tuzlari bilan 
zaxarlanganda, 
talassemiyada, 
V I2- 
va 
foli 
kislota tankislik 
anemiyasida, alkogol intoksikatsiyalarida, dori vositalarining sitotoksik 
ta'siri natijasida kuzatilishi mumkin.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin