Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Eritrotsitlar sonini fotometrik usulda xisoblash



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Eritrotsitlar sonini fotometrik usulda xisoblash
• gemometr Sali kapillyar pipetkasiga olingan 20 mkl qonga, 9 ml 
3% li NaCl eritmasi qo'shiladi;
• aralashtiriladi va 3 mm qalinlikdagi kyuvetga quyiladi;
• o‘lchash kyuvetdagi quyun xarakatlari to‘xtaganidan so‘ng, 
eritrotsitlar cho‘kishi boshlanmasdan, kyuvet to‘lganidan 50-60 sek 
keyin boshlanadi;
• to‘lqin uzunligi 750 nm da, ekstinksion koeffitsient (ye) 
o‘lchanadi, nazorat sifatida 3% li NaCl eritmasidan foydalaniladi;
• eritrotsitlar soni moslashish egriligiga asoslanib tuzilgan, 
maxsus jadval 
yordamida 
xisoblaniladi 
(kamerali 
usul 
bilan 
taqqoslanadi).
Usul qiyin emas va seriyali ish uchun qulay, lekin uning 
kamchiligi natija faqatgina eritrotsitlaming miqdoriga emas, balki 
ularning o‘lchami va gemoglobin konsentratsiyasiga bog‘liq.
Eritrotsitlaming miqdoriy tarkibi
norma: erkaklarda - 4,0-5,0 x l0 12/l,
ayollarda- 3,7-4,7 x l0 12/l.
Eritrotsitlar miqdorining kamayishi
(oligotsitemiya = eritropeniya) 
xarakterli:
14


• anemiyalar (temir tanqislik, gemolitik, gipoplastik, V I2 
tanqislik).
Anemik xolatlarda eritrotsitlar soni maksimal 0,8-0,6 x 1012/1 
gacha pasayishi mumkin;
• о ‘ tkir qon у о ‘ qotishlar;
• surunkali yallig‘lanish jarayonlari;
• gipergidratatsiya;
• ba'zi dori vositalarini qabul qilganda (sitostatik, antibiotik, anal 
getik, sulfanilamidlar);
• xomiladorlikning oxirgi oylari;
• dukkakli o‘simliklar, alkogol qabul qilganda.
Eritrotsitlar sonining ortishi
(politsitemiya = 
eritremiya) 
birlamchi:
eritropoez zararlanishi;
• qon kasalliklari;yoki ikkilamchi bo‘lishi mumkin:
• gipoksiya bilan chaqirilgan, reaktiv eritrotsitozlar (bronx-o‘pka 
patologiyasida ventilyasion yetishmovchilik, tug‘ma va orttirilgan yurak 
nuqsonlari, baland joyda bo‘lganda);
• eritropoetinning ishlab chiqarilishi ortishi bilan chaqirilgan 
eritrotsitozlar (buyraklar gidronefroz va polikistozi, buyrak va jigar 
xosilalari);
• organizmda steroidlar yuqoriligi bilan bog‘liq eritrotsitozlar 
(Kushing sindromi va kasalligi, feoxromotsitoma, giperaldosteronizm, 
steroidlar bilan davolanganda);
• degidratatsiyadagi nisbiy eritrotsitozlar (o‘tkir zaxarlanishlar
atsidozlar, kuyish, diareya, diuretiklar qabul qilganda).

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin