Eozinofillar (eosinophilus)
26
Norma: 0,5-5 % (0,020-0,300 x 109/1)
Eozinofillar -
ikki-, uch qavat yadro, sitoplazmasida yirik donalar
tutuvchi yirik xujayralar. Xujayra diametri 15 mkm ga yaqin.
Romanovskiy usuli bilan bo‘yalganda donalari to‘q-qizil eozin rangini
oladi yoki ochroq bo‘yaladi (go‘sht rangi). Agar preparat qaytadan
bo‘yalsa, donalari jigarrang-qizil yoki jigarrang rangni oladi.
Oval yoki poligonal shakldagi spetsifik oksifil granulalar,
argininga boy asosiy oqsil, hamda gidrolitik fermentlar, neytrofil
lizosomalari kabi peroksidaza va nordon fosfataza (yuza qismida),
esteraza, gistaminaza tutadi.
Eozinofillar asosiy vazifasini qonda emas, to‘qimalarda o‘taydi.
Eozinofillar,
boshqa gurux
leykotsitlari
qatori,
fagotsitoz
xususiyatigi ega, oqsil tabiatli maxsulotlar dezintoksikatsiyasida va
organizmning allergik reaksiyalarida muxim rol o ‘ynaydi.
Eozinofillar gistaminni, gistaminaza fermenti yordamida nofaol
xolatga o‘tkazadi. Eozinofillar gistaminni bazofil va semiz xujayralardan
ajralishini tormozlovchi maxsus omil ishlab chiqaradi.
Eozinofillarning gelmintozlarda immunitet rivojlanishiga ta'siri, bu
xujayralarning killer (sitotoksik) effekti bilan bog‘liq, shuning uchun
gelmintozlardagi gipereozinofiliyani organizmning ximoya reaksiyasi
deb qarash mumkin.
Eozinofiliva
- eozinofillar sonining 5-6 % dan ortishi.
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
• turli xil allergik kasalliklar va sindromlarda (bronxial astma,
krapivnitsa, gelmintozlar, qichuvchi dermatitlar, ekzema, Kvinke
shishida);
• nevroz;
• toksikoz;
• gelmintoz;
• limfogranulematoz;
• surunkali mieloleykozda (bazofiliya xam kuzatiladi);
• revmatizmda;
• ba'zi
antibiotiklar
va
sulfanilamid
preparatlar
bilan
davolanganda;
• sepsis, krupoz pnevmoniya va boshqa kasalliklardan tuzalish
davrida.
Eozinopeniva
-eozinofillar miqdorining kamayishi
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
o‘tkir infeksion kasalliklaming avj olish davrida;
• sepsis;
• tuberkulezning og‘ir shakllari;
• tif;
• intoksikatsiyalarda;
• pernitsioz anemiyada.
Eozinopeniyanmg leykopeniya
bilan birga uchrashi yomon belgi
xisoblanib,
qator
kasalliklarda
organizm
umumiy
qarshiligi
pasayganidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |