Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

(7 0 -9 0
%);
virusli infeksiyalar,infeksion mononukleoz sindromi;
• bakterial infeksiyalar (qizamiq, qizilcha, qoqshol, tuberkulez);
• yurak qon-tomir yetishmovchiligi; revmatoid artrit;
• tireotoksikozda va x.k.
Nisbiy limfotsitoz
gripp, virusli gepatitda, qorin tifida, sifilis, 
toksoplazmoza, malyariya, o‘tkir infeksion kasalliklardan tuzalish 
davrida.
Limfotsitopeniya
kuzatiladi:
• nur kasalligida;
30


• limfatik apparatni tizimli zararlanishlarida (limfogranulematoz, 
limfosarkoma);
• OITSda - spetsifik simptom;
• kortikosteroid terapiya ta'sirida, immunodepressantlar qabul 
qilganda.
Monotsitlar (monocytus)
Norma: 3-11 % (0,090-0,600 x 109/1)
Monotsitlar -
noto‘g‘ri shakldagi yadroga ega, eng yirik xujayralar 
(diametri 20 mkm ga yaqin). Boshqa leykotsitlar bilan taqqoslaganda 
monotsitlar sitoplazmasi, kulrang-xavorang bo‘lib, katta joyni egallaydi; 
yadro atrofida dumaloq yorug‘lik yo‘q.
Qonda monotsitlar qisqa vaqt bo‘ladi, keyin to‘qimalarga o‘tadi va 
makrofaglarga transforatsiyalanadi, katta miqdordagi lizosomalar, 
fagosoma, fagolizosomalari paydio bo‘ladi. Mononuklear fagotsitlarning 
vazifasi -
organizmning turli ximoya reaksiyalarida ishtirok etish, 
(qisman gumoral va xujayra immunitetida xam) qon xosil bo‘lishiga 
ta'sir etuvchi, turli omillar ishlab chiqarish. Tarkibida yuqori miqdorda 
lipaza 
saqlagani 
uchun, 
monotsit 
makrofaglar 
lipid 
qobiqli 
mikroorganizmlarga faol ta'sir qiladi.
Monotsitoz
- monotsitlar sonining ortishi - immun jarayonlar 
rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi, faqat absolyut monotsitozda 
(neytropeniya xisobiga emas).
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
• qator infeksion kasalliklarda (sepsis, tuberkulez, malyariya, 
sifilis, infeksion endokardit, sarkoidoz, nospetsifik yarali kolit);
• biriktiruvchi to‘qimaning sistemali kasalliklarida (revmatizm, 
SQV), 50 % xollarda - sistemali vaskulitda;
• qon kasalliklarida (o‘tkir va surunkali monotsitar leykoz, ba'zan
- limfogranulematozda).
Monotsitlarning 
absolyut 
miqdori 
ortishi 

infeksion 
mononukleozda kuzatiladi.
Monotsitopeniya
- monotsitlar sonining kamayishi -
Quyidagi xolatdarda kuzatiladi:
• qorin tifming gipertoksik shaklida va boshqa infeksiyalarda;
31


• glyukokortikosteroidlar ta'siri natijasida yuzaga kelgan, aplastik 
anemiyalar
• og‘ir septik xolatlar;
Leykotsitar formula xisoblanganda faqatgina miqdoriy siljishiga 
emas, shaklli elementlaming sifatiy o‘zgarishlariga xam e'tibor berish 
kerak.
Boshqa xujayra elementlaridan ahamiyatga ega:
plazmotsit (plasmocytus)
- immunoglobulin ishlab chiqaruvchi, 
limfoid to‘qima xujayrasi. G‘ildiraksimon shaklli yadro va keskin 
bazofil vakuolizirlangan sitoplazmaga ega.
Sog‘lom odamda plazmotsitlar, suyak ko‘migi va limfatik 
to‘qimalarda, kamroq - periferik qonda bo‘ladi.
Qonda turli infeksion va yallig‘lanish jarayonlarida, virusli 
infeksiyalarda (qizamiq, skarlatina, qizilcha, qoqshol, virusli gepatit
adenovirus infeksiya, infeksion mononukleoz), o ‘smalarda, zardob 
kasalligi, kollagenozlarda,nurlanishdan keyin oz miqdorda (0,5-3 %) 
ortadi.
LE- xujayra fenomeni quyidagilardan iborat: gematoksilin 
tanachalari, «rozetkalar» va LE- xujayralari. Yuqoridagilardan eng 
ahamiyatga moyili LE- xujayralarini topilishi xisoblanadi.
LE - xujayra (qizil yugurik xujayralari, Xargreyvs xujayralari) -
yetilgan granulotsitlar bo‘lib, yadrosi boshqa xujayraning fagotsitlangan 
yadroli moddasi biian, periferiyaga siqilgan. Quyidagi xolatlarda 
kuzatiladi:
• sistemali qizil yugurikda (80 % kasallarda);
• revmatoid artritda;
• o ‘tkir gepatitda;
• sklerodermiya;
• dorivor moddalarga (talvasaga qarshi preparatlar, prokainamid, 
metildopa qabul qilganda).

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin