Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Leykotsitar formula
neytrofillar:
-yosh 0 %
-tayoqchayadroli 1-6 % (0,040-0,300 x l0 9/l)
-segmentyadroli 47-72 % (2,0-5,5 x l0 9/l)
Eozinofillar 0,5-5 % (0,020-0,300 x l0 9/l)
Bazofillar 0-1 % (0-0,065 xl09/l)
Limfotsitlar 19-37 % (1,200-3,000 xl0 9/l)
Monotsitlar 3-11 % (0,090-0,600 x l0 9/l)
Leykotsitar formula deb, qon leykotsitlari aloxida shakllarining 
foizdagi nisbatiga aytiladi.
Leykotsitlarniquyidagicha tasniflash mumkin:

kelib chiqishi bo‘yicha (
mieloid va limfoid)-,
• vazifasi bo‘yicha 
(fagotsitlar yoki immunotsitlar
);
• morfologiyasi bo‘yicha 
(yadrosining tuzilishi va sitoplazmatik
kiritmalar borligi).
Leykotsitlar morfologiyasi
Leykotsitlarning ikkita asosiy guruxi farqlanadi: 
granulotsitlar
(donador) va 
agranulotsitlar
(donasiz).
Granulotsitlaming yadrosi segmentlangan (siyoxrang rangda), 
donadorlik saqlovchi oksifil (pushti) sitoplazma. Xarakteriga ko‘ra 
protoplazmaning spetsifik donadorligi bo‘yicha granulotsitlar quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
• neytrofillar (mielotsitlar, yosh, tayoqcha yadroli va segment 
yadroli);
• eozinofillar;
• bazofillar.
21


Agranulotsitlarning 
yadrosi 
bo‘laklarga 
bo‘linmagan 
va 
sitoplazmasi bazofil (xavorang), sitoplazmada donadorlik yo‘q. Ularga 
kiradi:
• limfotsitlar;
• monotsitlar.
Leykotsitar formulani aniqlash
Leykotsitar formula bo‘yalgan surtmalarda xisoblaniladi. Aniq 
xisoblash uchun kamida 200 ta leykotsitni xisoblab qo‘rish zarur.
Surtma tayyorlash texnikasi
■ qon surtmasi yog‘sizlantirilgan buyum oynasida tayyorlanadi;
■ barmoqning igna sanchilgan joyi quruq paxta sharigi bilan 
artiladi va buyum oynasining chetidan 1,5-2 sm qon tomchisi suriladi;
■ chetlari kesilgan, silliqlangan buyum oynasini qon tomchisidan 
45° burchak ostida o‘matiladi va qon silliqlangan buyum oynasiga bir 
tekis tarqalishi uchun, tomchiga ozgina ta'sir etiladi;
■ so‘ngra, qonni bir tekis taqsimlab, bosmasdan silliqlangan 
buyum oynasi, buyum oynasi bo‘ylab o‘tkaziladi; surtma yupqa va tekis 
bo‘lishi zarur;
■ surtma xavoda quritiladi va 3-5 min metil spirtida yoki 5-10 
min May - Gryunvald eozinmetil ko‘ki eritmasida fiksatsiyalanadi;
■ keyin surtma Romanovskiy - Gimza usuli bilan 30 - 40 min 
davomida bo‘yaladi, bo‘yoqning ortiqchasi oqar suvda yuvib tashlanadi 
va surtma quritiladi.
Romanovskiy - Gimza bo‘yog‘i (zavodda tayyorlangan) quyidagi 
tarkibga ega: azur II - 3 g; suvda eruvchan sariq eozin - 0,8 g; glitserin
- 250 ml; metil spirti - 250 ml (asosiy eritma).
Ishni boshlashdan oldin undan extempore, 1-2 tomchi asosiy 
eritma 1 ml distillangan suv bilan aralashtirilib, ishchi eritma 
tayyorlanadi.
Pappengeym 
bo‘yicha 
kombinirlangan 
bo‘yashdan 
xam 
foydalanish mumkin: fiksatsiyalanmagan surtmaga pipetka yordamida, 
May - Gryunvaldning tayyor bo‘yoq-fiksatori qo‘shiladi. 3 minutdan 
keyin qoplovchi surtma bo‘yoqqa teng miqdorda distillangan suv 
qo‘shiladi va bo‘yashni yana 1 min davom ettiriladi. Keyin bo‘yoq 
yuvib tashlanadi va surtma xavoda quritiladi. Quritilgan surtmani 
Romanovskiy bo‘yog‘ini yangi tayyorlangan suvli eritmasi bilan 8-15
22


min davomida qayta bo‘yaladi. Bu usul suyak ko‘migi punktatlari 
surtmalarini bo‘yash uchun eng yaxshi usul xisoblanadi;
Sanash tartibi
■ Surtmaning to‘rtta chetki soxalariga immersion yog‘ tomiziladi. 
Shu soxalardan birini ko‘ruv maydoniga to‘g‘rilanadi;
■ Surtmani mikroskop okulyari ostida xarakatlanish, egri-bugri 
chiziq bilan amalga oshiriladi. Bu leykotsitlarning xar bir turini aniq 
xisoblash uchun kerak. Chunki surtmada ular notekis tarqalgan bo‘ladi: 
eng og‘irlari - bazofillar, eozinofillar va monotsitlar - chetlariga yaqin, 
yengilrog‘lari esa - limfotsitlar - markazga yaqin;
■ Avval leykotsitlarning aloxida turlarini farqlashni o‘rganish 
kerak, donador va donasiz leykotsitlar yadrosi shakliga, donador 
leykotsitlar protoplazmasidagi yadrolaming xajmi va bo‘yalishiga, 
eritrotsitlarda yadro yo‘qligiga ishonch xosil qilish kerak;
■ Qog‘ozga leykotsitlarning asosiy shakllari bilan ustun chiziladi; 
xar bir qo‘ruv maydonida aniqlangan kajdbiy leykotsitni kervkli ustunga 
nuqta yoki chiziqcha bilan belgilanadi;
■ Xisoblash uchun o‘n bir klavishli xisoblagichdan foydalanish 
qulayroq;
■ Xisoblash aniqroq boiishi uchun 200 ta leykotsit sanaladi - 50 
katakdan yuqori va pastki qirralari bo‘ylab, surtmaning boshida va 
oxirida.
■ Qondagi leykotsit ma'lum turini foiz tarkibini aniqlash uchun, 
xar bir ustundagi xujayra miqdorini 2 ga bo‘lish zarur, chunki 200 ta 
xujayra xisoblangan.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin