41
7–9 sinflar:
Fin tili va adabiyoti (o‘qish, o‘lka madaniyati), shved, ingliz tili, matematika,
biologiya, geografiya, fizika, kimyo,
salomatlik asoslari, din (yoki hayotiy
tushunchala musiqa, tasviriy san'at,
jismoniy tarbiya, tanlov asosidagi fanlar va
mehnat (o‘g‘il va qiz bolalar ajratilmaydi). Barcha birdek sho‘rva tayyorlashni va
arralashni o‘rganadi. 9-sinfda ikki hafta davomida "mehnat hayoti" bilan tanishiladi.
Bolalar o‘zlari uchun istagan "ishchi o‘rni"ni topib, katta ishtiyoq bilan "ishga"
borishadi.
Baho kimga kerak?
Mamlakatda 10
ballik tizim qabul qilingan, ammo 7-sinfgacha faqat so‘zda
baho qo‘yiladi: o‘rtadan pastroq, qoniqarli, yaxshi, a'lo. 1-3 sinflarda umuman hech
qanday ko‘rinishdagi baholar yo‘q.
Finlyandiyada barcha maktablar «Wilma» davlat elektron tizimiga ulangan, bu
elektron maktab kundaligidek gap, har bir ota-ona unga kirish uchun shaxsiy kodga
ega. Pedagoglar baho qo‘yib, davomatni belgilab, bolaning maktabdagi hayoti haqida
xabar berib borishadi;
shuningdek psixolog, ijtimoiy xizmatchi, "kelajak
o‘qituvchisi", feldsher ham u yerda kerakli ma'lumotni qoldiradi.
Fin maktablarida baholar xavotir uyg‘otmaydi, ular faqat o‘quvchining o‘zi
uchun kerak, qo‘yilgan maqsadga erishishda bolaga motivatsiya berish va o‘zini
tekshirish uchun qo‘llaniladi. Baholar o‘qituvchi, maktab nufuziga ta'sir
ko‘rsatmaydi va hech qanday ko‘rsatkichlarini buzmaydi.
Dostları ilə paylaş: