II BOB. ONA TILI TA’LIMINI O’QISHTISH JARAYONIDA XORIJ
TAJRIBASI
2.1. Davlat tilini o'qitishda Finlyandiya tajribasi
Keyingi yillarda ona tilimizni asrab avaylash, davlat tili sifatidagi aqomini
ko'tarish, jahon miqyosida o'rganilishini rag'batlantirish va targ'ibotini kuchaytirishga
alohida e'tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2020 yili 6-noyabrdagi taʼlim tizimini isloh qilishga doir
farmon va qarorlarida Finlyandiya tajribasini oʻrganish masalasi tegishli idoralar,
jumladan, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oldiga vazifa sifatida
qoʻyilgan edi. Shunga koʻra mazkur davlat tajribasi oʻrganilmoqda.
Bu saʼy-harakatlar zimmamimizga mamlakatimizdagi taʼlim muassasalarida
oʻzbek tilini oʻqitish samaradorligini oshirish masʼuliyatini yuklamoqda. Bu borada
ham ilgʻor xorijiy davlatlar, xususan, Finlyandiya tajribasi oʻrganilyapti.
Ayni paytda mazkur mamlakatdagi 2341 ta maktabda 560 ming nafar oʻquvchi
tahsil olyapti. Finlyandiya maktablari oʻquv rejasiga koʻra, toʻqqiz yillik haftalik
umumiy yuklama 233 soat. Bu koʻrsatkich Oʻzbekistonda 246 soatni tashkil etadi.
Finlar shundan 42 soatini ona tili va adabiyot faniga ajratadi. Mamlakatimizda ona tili
va adabiyot fanining ulushi 2018-yilda 61 soatni tashkil etgan, 2021-yilda esa 51
soatga tushgan.
Ammo oʻzbek tili (davlat tili)ning ulushi 2018-yildagi 16 soatdan bu yil 21
soatga koʻtarilgan. Bu mamlakatimizda taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tilda olib
borilayotgan maktablarda davlat tilini oʻqitishga eʼtibor kuchaytirilganidan dalolat
beradi.
Xuddi shunday koʻrsatkichlar, yaʼni ona tili va adabiyoti fanining boshqa barcha
fanlarga nisbatan ulushi Germaniyada 13,4 foiz, Janubiy Koreyada 17,8 foiz,
30
Yaponiyada 19,1 foiz, Rossiyada 17,5 foiz, Belarusda 13,4 foizni tashkil etishi
kuzatildi.
Finlyandiya maktablarida ona tili sifatida fin, shved, sami, sigan tili oʻqitiladi.
Mamlakatda ikkita davlat tili mavjud. Ona tili fin tili boʻlganlar shved tilini, ona tili
shved tili boʻlganlar fin tilini davlat tili sifatida oʻrganadi. Ona tili sami yoki sigan, rus
tili boʻlganlar ham fin yoki shved tilini oʻrganishadi.
Mamlakatimizda umumiy oʻrta taʼlimning yangidan ishlab chiqilayotgan Milliy
oʻquv dasturida “Til va adabiyot fanlari ona tili, adabiyot, oʻzbek tili (taʼlim boshqa
tillarda olib boriladigan maktablar uchun), qardosh tillar (qozoq, qirgʻiz, tojik,
turkman), rus tili (taʼlim rus va oʻzbek tilida olib boriladigan maktablar uchun) oʻquv
predmetlarini qamrab oladi hamda ularning oʻzaro aloqadorligini taʼminlaydi”, deb
qayd etilgan.
Bugungi kunda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim yetti tilda olib boriladi.
Jumladan, 2 ming 69 ta maktabda taʼlim rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz
tillarida olib boriladi va har bir millat vakillari uchun millatlararo bagʻrikenglik
tamoyili asosida zarur sharoitlar yaratilgan. Oʻquv jarayoni oʻquvchilarning oʻz ona
tilida tashkil etilgan va ushbu maktablarning har birida barcha fanlardan darslik va
oʻquv metodik adabiyotlar mavjud.
Fin taʼlim tizimida oʻquvchilarning til oʻrganish qobiliyatini rivojlantirish
bolalikdan boshlanadi va hayot mobaynida davom etadi. Bu jarayon uyda, maktabda
va maktabdan tashqari vaqtlarda rivojlantiriladi. Maktabda til oʻqitishning asosiy
prinsipi turli vaziyatlarda tildan foydalanishga oʻrgatish hisoblanadi.
Birinchi-ikkinchi sinflarda ona tili va adabiyotni oʻqitishda oʻquvchilarning
individual qobiliyatini hisobga olgan holda ongli yondashish, oʻzini namoyon qilish
va muloqot layoqatini, shuningdek, tinglash, gapirish, oʻqish va yozish qobiliyatini
rivojlantirish alohida vazifa hisoblanadi.
31
Uchinchi–oltinchi sinflarda fanning oʻziga xos maqsadi oʻquvchilarni oʻzini
namoyon qilish, oʻzaro taʼsir oʻtkazish, oʻqish va yozish qobiliyatini oshirishga
qaratiladi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda matn janrlari doirasi kengayadi.
Oʻquvchilarga koʻproq turli matnlarni talqin va tahlil qilish, tuzish va baholash
koʻnikmalari oʻrgatiladi. Bolalar tanlagan qiziqarli kitoblar va boshqa multimediali
matnlar oʻquv jarayonida qoʻllanadi. Oʻquvchilar oʻqish orqali dunyoqarashini
kengaytiradi. Maktabdan tashqari madaniy va multimedia xilma-xilligi orqali ona tili
va adabiyotini oʻrganish imkoniyatidan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda esa oʻquvchiga tilni oʻqitish orqali u boʻyicha egallanadigan
nutqiy faoliyat turlari: tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish amallarini har bir
sinfda oʻrgatish, mustaqil fikr almasha olish, eshitilgan matnni idrok etish, yozma
manbalarni oʻqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirish
malakasini egallash dinamikasi nazarda tutiladi.
Adabiyot — soʻz sanʼati. Shu sababli ona tilini puxta oʻzlashtirmasdan turib,
adabiyotning goʻzalligi va qudratini anglab boʻlmaydi. Ona tili va adabiyot fani
darslari mazmuni oʻquvchida soʻzga qiziqish va eʼtibor hissini muntazam oʻstirib
borishdan, ularga soʻzning ahamiyati, turli matnlarda tutgan oʻrnini tushuntirishdan
iborat.
Oʻzbekiston Milliy oʻquv dasturida maktab bitiruvchilarida til va adabiyot
fanlari boʻyicha rivojlantiriladigan umumiy kompetensiyalar belgilanmoqda. Ularni
nutqiy (ogʻzaki va yozma nutq malakasi, oʻqish va tushunish, tinglab tushunish)
hamda lingvistik kompetensiyalar (lingvistik malaka: fonetika, imlo, leksikologiya,
morfologiya, sintaksis) orqali shakllantirish koʻzda tutilgan.
Finlyandiya maktablarida oʻquvchilarning til koʻnikmalari va milliy madaniyati
hisobga olinadi. Maktab boshqa ona tilida soʻzlashadigan va boshqa madaniyatga
mansub boʻlgan oʻquvchilar uchun oʻrganish hamda muloqot qilish imkoniyatini
32
yaratishi kerak. Oʻqituvchilar oʻz fani boʻyicha fin va shved tilida dars bera olishi
lozim. Barcha koʻrsatmalar umumiy oʻrta taʼlim uchun oʻquv dasturida belgilangan
muddao va tamoyillarga muvofiq boʻlishi koʻzda tutiladi. Maqsad oʻquvchilarni turli
til va madaniyatlarni qadrlashga oʻrgatish, ikki va koʻp tillilikni targʻib qilish va shu
orqali oʻquvchilarning lingvistik bilimlari va metalingvistik koʻnikmalarini
mustahkamlashdan iborat.
Yana bir holat borki, muayyan sinf yoki maktabda taʼlim qaysi tilda olib
borilishi taʼlim toʻgʻrisidagi qonun doirasida, taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari
qarorlari asosida belgilanadi Biroq zarurat boʻlsa, ona tili va adabiyot boʻyicha darslar
hukumat qaroriga muvofiq birlashtirilishi mumkin. Bunday holda oʻqituvchilar
umumiy oʻqitiladigan barcha fanlarning kamida yarmini ona tili sifatida belgilangan
tilda oʻtishi kerak. Bu jarayonda oila va maktab oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga amal
qilinadi.
Ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni chet tili sifatida oʻrganish oʻquvchilarda
koʻp tillilik, savodxonlik kompetensiyalarini shakllantiradi. Mutaxassislarning
fikricha, fin tilini juda kam davlatlarda tushunishadi. Shuning uchun finlar dunyo
aholisi muloqot qiladigan asosiy chet tillarni yuqori darajada oʻrganishni maqsad
qilgan. Qolaversa, turli tillarda soʻzlashish qobiliyati fanlararo integratsiyani
mustahkamlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |