318
Offshor hududda ro„yxatga olingan, soliq va boshqa imtiyozlar olishga nomzod
bo„lgan kompaniyalarga qo„yiladigan asosiy talab – offshor markaz joylashgan
davlatning rezidenti bo„lmaslik va bu davlat hududida daromad olmaslikdir. Soliq
gavanlarining offshor hududlardan farqi shundaki, u yerda barcha firmalar (xorijiy
firmalar ham, mahalliy firmalar ham) faoliyatning barcha turlari yoki ba‟zi turlari
bilan shug„ullanishda imtiyozlarga ega bo„ladilar. Hozirgi paytda jahonda 300 dan
ortiq offshor markazlar mavjud. Ulardan 70 tasi soliq gavanlari hisoblanadi.
Offshor hududlari offshor kompaniyalarning ma‟muriy sharoitlarida, talablarga
javob berishda, soliqlarga va boshqalarga juda katta ta‟sir ko„rsatishi mumkin.
Shuning uchun, offshor kompaniya tomonidan offshor hududi ro„yxatga olish uchun,
muayyan turdagi biznes uchun, alohida offshor sxemasi uchun va ba‟zan, muayyan
moliyaviy operatsiyalar uchun tanlangan.
Offshor hududni tashkil etgan davlat uchun offshor hududlarning qiymati juda
katta. Davlatlar boshqa mamlakatlarning aholisi tomonidan qo„shimcha moliyaviy
daromad olishadi, ya‟ni aslida ular hech qanday foyda keltirmaydi, chunki, offshor
tuzilmalar o„z faoliyatini xorijiy manbalardan moliyalashtiradi, chet elda ishlaydilar,
biroq, ayni paytda ular kapitalini offshor yurisdiktsiyalarga jamlaydi, kichik hajmda
bo„lishiga qaramasdan, ichki infratuzilmani rivojlantirish, aholi bandligini ta‟minlash,
offshor hudud iqtisodiyoti rivojiga ta‟sir ko„rsatishga qodir hamda o„z biznesini
rivojlantirish va himoyalashga erishadilar.
Dostları ilə paylaş: