“BERI” (business environment risk index) ni qo„llaydi.
Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro„li ekspertlarni tanlash asosida va
ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo„yicha mamlakat
riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ularning
qiymatlari quyidagilardan iborat (4.2-jadval).
120
4.2-jadval. BERI indeksi yordamida mamlakat investitsiya muhitini baholash ko„rsatkichlari № Mezonlar Salmog„i, % 1.
Siyosiy barqarorlik
12
2.
Xorijiy investitsiyalarga bo„lgan munosabat
6
3.
Milliylashtirilishi xavfi
6
4.
Valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli va darajasi
6
5.
To„lov balansining holati
6
6.
Biznesning byurokratlashish darajasi
4
7.
Iqtisodiy o„sish sur‟ati
10
8.
Valyutaning erkin almashinuv darajasi
10
9.
Shartnoma majburiyatlarini bajarish soni
6
10. Mehnat unumdorligi darajasi va ish haqi xarajatlari
8
11. Yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali
mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati
2
12. Aloqa va transportni tashkil qilish
4
13. Mahalliy boshqaruv va hamkorlik
4
14. Qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari
8
15. Uzoq muddatli kreditlar olish foydalanish shartlari
8
“Mamlakat riskining o„rtacha tortilgan bali quyidagi formula yordamida
aniqlanadi (BERI indeks):
bu erda:
k i va j i – tegishli ravishda,
i omilni baholovchi mezonlarning ballardagi
qiymati va vaznli koeffitsienti.
Iqtisodiyotga safarbar qilingan investitsiyalarning samaradorligini baholashda
qo„llaniladigan ko„rsatkichdan yana biri ICOR (incremental capital-output ratio)
bo„lib, u mamlakatdagi real sektorga yo„naltirilgan investitsiyalar samaradorligini
aniqlashda yordam beradi.
ICOR koeffitsienti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab
beruvchi ko„rsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik bo„lsa, shunchalik ahamiyatli
BERI
121
hisoblanadi va aksincha. Bu koeffitsent asosiy kapitalga qo„yilgan mablag„lar, ya‟ni
YaIM dagi investitsiyalar salmog„ining, keyingi yildagi YaIM ning qo„shimcha
o„sish sur‟atiga nisbatini bildiradi, ya‟ni: