11 TALABALARNING BADIIY VA IJODIY KOMPETENSIYALARINI
IYUN 2023 ISSN: 2181-3558 2
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH ta’limning o‘zi yangiliklarga boy bo‘lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti hukm
surishi lozim.
Tasviriy san'at o'qituvchilarining maxsus kasbiy tayyorgarligi nafaqat
pedagogik mahoratni o'rgatishdan, balki eng avvalo, mustaqil ijodiy ishlay
oladigan professional rassomlarni tarbiyalashdan iboratdir. Realistik rangtasvir
nazariyasi va amaliyotini malakali bilish rassom-pedagog faoliyatidagi
muvaffaqiyatning kaliti hisoblanadi. O‘z navbatida, badiiy ta’limda o‘qitshning
dastlabki kunlaridanoq talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun
psixologik-pedagogik
sharoit
yaratmasdan
turib,
rassomlik
mahoratini
shakllantirish mumkin emas.
Ma’lumki, har bir talabada tevarak-atrofni ijodiy his etishni tarbiyalash,
tevarak-atrofdagi voqelikni yaxlit rangli idrok etish, tasvirlangan narsaga estetik
munosabatni shakllantirish ta’limning ikki shakli-auditoriyada va mustaqil ishda
amalga oshiriladi.
Adabiyotlar sharhi.
Badiiy-pedagogik amaliyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, natyurmort ishlash
bo'yicha mustaqil ishlashda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan rangtasvirni o'qitish nazariyasi va metodikasi masalalari hali ham yetarli
darajada ishlab chiqilmagan.
O’zbekiston olimlari tomonidan talabalarning mustaqil badiiy va ijodiy
faoliyatini tashkil etish muammolari, bo'lajak rassom-pedagog shaxsining ijodiy
salohiyatini shakllantirishning samarali yo'llari va talabalarning badiiy – ijodiy
kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga doir bir qancha tadqiqotlar olib
borilgan.
O’zbekistonlik olimlardan B.B.Baymetov, S.S.Bulatov, S.S.Abdullayev,
B.B.Azimov, N.X.Tolipov, Q.Q.Qosimov, R.X.Hasanov, Abdirasilov S va
boshqalar ushbu muammoga doir tadqiqotlar olib borganlar.
Professor Botir Boltabaevich Baymetovning “Oliy pedagogik ta'limda
bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning
ba'zi masalalari”
1
nomli maqolasida ushbu muammoga keng ko’lamda
yondoshilgan.
Rossiyalik olimlardan G.М Gladishev o’zining «Педагогические условия
развития духовно-творческого потенциала будущего художника-педагога»
2
nomli
avtoreferatida
bo’lajak
rassom-o’qituvchilarning
ma’naviy-ijodiy
potensialini rivojlantirishning pedagogik shart sharoitlariga asosiy e’tiborni
qaratgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
1
B.B.Baymetov. Oliy pedagogik ta'limda bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini
shakllantirishning ba'zi masalalari. Аcademic research in educational sciences. volume 2 | issue 1 | 2021. 277-283
бетлар.
2
Гладышев Г.М. Педагогические условия развития духовно-творческого потенциала будущего художника-
педагога: Автореф. дис.канд. пед. наук, Оренбург, 2000.