11 TALABALARNING BADIIY VA IJODIY KOMPETENSIYALARINI
IYUN 2023 ISSN: 2181-3558 4
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH axborot bilan ishlash va undagi asosiy mazmunni aniqlash, tahlil qilish va bir
tizimga keltirish malakalari shakllanishiga ko’maklashmaydigan ta‘limning
reproduktiv metodlaridan keng foydalanilmoqda. Zamonaviy mutaxassisdan esa
faqat o’z sohasining bilimdoni va shu yo’nalishdagi axborotlarni egallaganlik bilan
bir qatorda, ulardan har xil kasbiy vaziyatlar yuzaga kelganda o’rinli foydalana
bilish ham talab qilinadi.
Oliy o’quv yurtlari talabalariga rangtasvir mashg’ulotlarida natyurmort
ishlashni o’rgatishda, bugungi kunda zamonaviy turli metodlardan foydalanib
mashg’ulot olib borish imkoniyatiga egamiz. Ushbu imkoniyatlardan unumli
foydalanish uchun birinchi navbatda fanning mazmunini talabalarning bilish va
o’zlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda ular uchun qiziqarli tarzda
tuzilishiga alohida e‘tibor qaratishimiz kerak.
Bularni amalga oshirish uchun mavzularni yoritishda, talabalar bajaradigan
mashqlar va topshiriqlarni tuzishda hozirgacha shakllanib, eskicha ko’rinishdagi
qoliplardan voz kechib, noan‘anaviy usullardan, talabalarning qiziqishlari va
ijodkorliklarini oshiradigan uslublarni izlashimizga to’g’ri keladi. Rangtasvir
mashg’ulotlarida natyurmort ishlashning xususiyatiga ko’ra bunday uslublardan,
mashq va topshiriqlardan foydalanishimiz uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Dunyoda har yili yuz minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi, minglab ilmiy
tadqiqot dissertatsiyalar himoya qilinadi, Internet global tarmog’idagi axborotlar
oqimini amalda o’lchab bo’lmaydigan darajada o’sib bormoqda. Ommaviy
ta‘limning bunday sharoitida, qanday qilib zamonaviy talablarga, ta‘lim
standartlari talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashni ta‘minlash kerak?
Rangtasvir kompozitsiyasini o’qitishga doir zamonaviy talabni his etish;
Talabaning mustaqil ishini tizimli tashkil etish;
Rangtasvir va kompozitsiya darslarida natyurmort ishlashni maxsus xonalarda
o’tkazishni takomillashtirish;
Talabalarni natyurmortni tasvirlashga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
Talabalarga
natyurmortni
tasvirlashida
zamonaviy
innovatsion
ilg’or
texnologiyalardan foydalanib o’rgatish;
Ko’rgazmali qurollardan foydalanishning yangi samarali shakllarini qo’llash;
Natyurmortni tasvirlashda rangtasvir, kompozitsiya perspektiva va boshqa
fanlar bilan aloqada bo’lishini ta‘minlash.
Xulosa
Yuqoridagilardan kelib chiqib oliy o’quv yurtlarida rangtasvir fanining
muhim qismi bo’lgan natyurmort ishlashning nazariy asoslarini kreativ yondoshuv
asosida amaliy jihatlarini mukammal o’rgatish va uni o’qitishning zamonaviy
metodlarini ishlab chiqish hamda amalga tadbiq qilish muhim rol o’ynaydi.
Shuning uchun bo’lajak tasviriy san‘at o’qituvchilarini kasbiy tayyorlash bugungi
kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda.
Dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, uddaburon, ishning ko‘zini biluvchi,
buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi
mutaxassis kadrlarni