11 TALABALARNING BADIIY VA IJODIY KOMPETENSIYALARINI
IYUN 2023 ISSN: 2181-3558 3
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH Tadqiqotimizni asoslashda eski va zamonaviy manbalarga tayandik. Biz
mavzuni tushuntirishda qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan ilmiy farazlarga e’tibor
qaratdik. Biz tadqiqotimizni yoritishda O’zbekistonlik olimlardan B.B.Baymetov,
S.S.Bulatov, N.X.Tolipov, R.X.Hasanov, S. Abdirasilovlarning talabalarning
mustaqil badiiy va ijodiy faoliyatini tashkil etish, bo'lajak rassom-pedagog
shaxsining ijodiy salohiyatini shakllantirishning samarali yo'llari va talabalarning
badiiy – ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga doir fikr-
mulohazalariga tayandik.
Tahlil va natijalar. Biz “Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi” bakalavriat
yo’nalishi talabalarini umumtaʼlim maktablarida tasviriy sanʼatni oʻqitishni tashkil
etish usullarini chuqur oʻzlashtirishi, balki realistik rasm chizish, zamonaviy san'at
masalalariga yaxshi yo'naltirilgan bo'lishi, shuningdek, nazariy bilimlarni,
rangtasvirning turli turlari va janrlari bo'yicha kasbiy atamalarni o'zlashtirish,
bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, dunyoqarashini shakllantirishga
tayyor bo'lish kerak degan fikrga keldik.
Biz tadqiqot ustida ishlash jarayonida talabalarga mavzu jihatidan rang-
barang, kompozitsiyasi va rang-barangligi bilan qiziqarli, yuksak estetik talablarga
javob beradigan, o‘quvchilarning badiiy didi va ijodiy faolligini rivojlantirishga
xizmat qiladigan o‘quv-ijodiy vazifalarga muhim o‘rin ajratdik.
I-II kurslarda rangtasvirni o'rganishning asosiy turi uzoq muddatli ko'p soatlik
o’quv natyurmortini ishlashdir. Shu bilan birga bu vazifa atrof-muhitni va uni
tasvirlash usullarini o'rganish, akvarel, guash va moyli bo'yoq texnikasini
o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lgan vazifalarning butun majmuasini hal qiladi, bu
o’quv dasturining majburiy talabidir. Demak bo'lajak rassom-o'qituvchi tabiatni tez
va ishonchli tasvirlash usullarini egallashi kerak.
Talabaning mustaqil ishi jarayonida qisqa muddatli eskizlar chizish, nafaqat
asosiy rang munosabatlarini tezda tushunishga, balki kompozitsion va rangli
yechimlarda kreativ yondoshib g'ayrioddiy asarlar yaratishga imkon beradi.
Mustaqil nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ana shu talablar bajarilsagina
bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanib, ijodiy faoliyatning mustahkam asosiga
aylanadi. Har bir talabaning mustaqil faoliyati semestr yakunida oraliq va yakuniy
nazoratda inobatga olinadi va baholanadi va ayniqsa, ortda qolayotganlar uchun
qo‘shimcha motiv hisoblanadi.
Badiiy ta’limdagi mustaqil ishning asosiy vazifalaridan biri bo'lajak rassom-
o'qituvchining o’zidagi barcha zarur bilim, ko'nikma va malakalarini bolalarga
o’rgatishga tayyorligini shakllantirish, ularning atrofdagi voqelikni ijodiy idrok
etish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishdan iboratdir. Faqat ijodkor
o'qituvchigina bolalarni tasviriy faoliyatda ijodiy bo'lishga o'rgatishi mumkin.
Demak, dasturda ta’lim muammolarining nostandart rang-barangligi va
kompozitsion yechimi birinchi kursdan bo’lajak rassom-pedagoglarni kamol
toptirish va shakllantirishning asosiy shartidir.
Bugungi kunda oliy o’quv yurtlarida rangtasvir mashg’ulotlarini o’rgatishda
ko’p hollarda talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirmaydigan, ularda