210
diniga azaliy xos bo‘lgan bag‘rikenglik, hamjihatlik, ezgulik kabi qadriyatlarga zid
xatti-harakatlarni amalga
oshirishga intilmoqdalar. Bu ijtimoiy taraqqiyot va demokratlashtirish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Diniy bag‘rikenglik, ya’ni nafaqat boshqa diniy konfessiya vakillariga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lish,
balki diniy e’tiqod erkinligiga huquqiy jihatdan ega o‘z vatandoshlariga nisbatan ham bag‘rikeng, sabr-kanoatli
bo‘lish demokratok jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Demokratok davlat aynan shunday tamoyilga
tayanadi, diniy e’tiqod erkinligini kafolatlaydi. Diniy va milliy bag‘rikenglik demokratok davlat va jamiyatning
muhim talabi ekanining yana bir muhim jihati shundaki, bag‘rikenglik fuqarolararo totuvlikni ta’minlaydi,
jamiyatda tabiiy ravishda uchraydigan ijtimoiy farqlarning keskinlashuviga, ijtimoiy nizolarning yuzaga kelishiga
yo‘l qo‘ymaydi. Birinchi Prezidenti Islom Karimov shu munosabat bilan milliy g‘oyamiz salohiyatidan to‘laroq
foydalanish zarurligini ta’kidlar ekan: «Milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil
inson,
ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini
bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga
qo‘yish, ularni yangi boskichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan etuk
dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat»
253
, — deb yozadi.
Diniy bag‘rikenglik
demokratik davlat qurish uchun, demokratik ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun
ham nihoyatda zarur. Diniy bag‘rikenglik mazmun-mohiyatining o‘zi fuqarolar o‘rtasida o‘zaro tenglik,
hamkorlik va hamjihatlik munosabatlari bo‘lishini taqozo etadi. Buni «diniy bag‘rikenglik» atamasiga berilgan
ta’rifdan ham bilsa bo‘ladi. «Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati»da «diniy
bag‘rikenglik»ka qo‘yidagicha ta’rif berilgan: «xilma-xil diniy e’tiqodda bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va
niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini
anglatadi»
254
. Hozirda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini
nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning
muhim shartidir, deb baho beriladi.
Bag‘rikenglik
din uchun, diniy e’tiqod erkinligi uchun tabiatan xos xususiyat. Mamlakatimizda
demokratizm tamoyili aynan shu paradigmaga asoslanadi. Bunga binoan, islom diniy e’tiqodi tabiatan va tarixan
erkin e’tiqod. Ushbu holat islom dinining muqaddas manbai – Qur’oni karimda g‘oyaviy jihatdan
mustahkamlangan. Xususan, «YUnus» surasining 99-oyatida shunday deyilgan: «Agar Rabbingiz xohlasa edi,
Er (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo‘lur edilar. Bas, Siz odamlarni mo‘min bo‘lishlariga
majbur kilasizmi?!»
255
Ushbu oyat islom dinining asl moxiyagi tolerantliq ya’ni diniy bag‘rikenglikka
asoslanishi, e’tiqod erkinligi islomda ustuvor ekanini isbotlaydi. Islomga majburan, jazo yo‘li
bilan kiritish
kat’iyan man kilinadi. Bunga «Nahl» surasining 125-oyati ham asos bo‘ladi: («Ey, Muhammad!) Rabbingizning
yo‘li(dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat eting! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling!»
4
Ushbu oyatlar mazmuni kishini diniy ekstremizmning islom diniga batamom zid bo‘lgan zo‘ravonlik
mohiyatini anglashga, diniy bag‘rikengliq odamoxunlik, ya’ni insonparvarlik tomon yuz tutishiga olib keladi.
Din haqida yuzaki tasavvur va bilimga ega bo‘lgan kishi esa, aksincha, jaholat botqog‘iga botadi, manfur siyosiy
maqsadlarni ko‘zlab sodda kishilarni yo‘ldan uruvchi «da’vatchi» unsurlarga aldanadi. «G‘oyaga qarshi – g‘oya,
jaholatga qarshi – ma’rifat» shiorining asl mazmuni kishilarga, jamiyatga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, uni ekstremizm
yo‘lidagi fojialardan qutkarishdir. Islom dini shunday bag‘rikenglikni targ‘ib qiladiki, unga ko‘ra inson biron bir
jonzotga zarar etkazmasligi darkor. Bu g‘oyani Qur’oni karimning «Moida» surasida uchratamiz. Ushbu
253
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. Б.75.
254
Қаранг: Миллий ғоя: тарғибот технологиялари ва атамалар луғати. – Т.: Академия, 2007. Б. 136.
255
Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур. – Т.:
«Тошкент ислом университети, 2006. Б. 220.
211
suraning 32-oyatida: «Biror jonni o‘ldirmagan va yoki Erda (buzg‘unchilik va qarokchilik kabi) fasod ishlarini
qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o‘limdan
qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir»
256
, deyilgan.
Bir so‘z bilan ifodalaganda, diniy ma’rifat va bag‘rikenglikni rivojlantirish demokratik, ochiq jamiyatni
shakllantirish uchun g‘oyaviy asos bo‘ladi, hech qandayekstremizm va terrorizmga o‘rin qoldirmaydi. CHunki
bunday sharoitda diniy ekstremizm va terrorizm uchun ma’naviy asos, baza yo‘qoladi, jamiyatda sog‘lom
ma’naviy-g‘oyaviy muhit qaror topadi. Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning katta ahamiyati bor.
Dostları ilə paylaş: