O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169
Fuqarolik jamiyati

1.
 
Jamiyat sotsial strukturasiga doir talqinlar. 
Jamiyatning sotsial strukturasi dastlab qadimgi yunon mutafakkirlari Platon (er.av.427-347 yy.) va Aristotel 
(er.av. 384-322 yy.) tomonidan tadqiq etilgan. Ular jamiyat va davlatni aynanlashtirgan bo‘lsalarda, jamiyat a’zosi 
sifatida faqat erkin tug‘ilgan va fuqarolik yoshiga etgan kishilarni e’tirof etgan. Ularning jamiyatga doir qarashlari 
asosini sotsial struktura va sotsial adolat konsepsiyalari tashkil etgan. 
Platonning fikricha, sotsial strukturani faqat erkin tug‘ilgan, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan rolni 
bajarayotgan kishilar tashkil etadi. Insonning qalbi uchta asosga ega: «idrok» (intellektuallik), «jasurlik» 
(irodalilik) va «istak» (sezgi, tuyg‘uga ega bo‘lish). Odamlar o‘z qalbidagi asoslardan qay birining ko‘pligi 
yoki ozligiga qarab jamiyatda uchta ijtimoiy qatlam mavjud bo‘ladi: donishmandlar – «faylasuflar», 
harbiylar – «qo‘riqchilar», ishlab chiqaruvchilar – «dehqonlar» va «hunarmandlar». Boshqaruvchilar 
yuksak ma’lumotli, iste’dodli, xususiy mulkka ega bo‘lmagan, zohidlik turmush tarzini kechirayotgan, 50 
8
Амир Темур тузуклари.-Т .:Ғофур Ғулом нашриёти,1996, Б- 83. 
9
А. Навоий. Маҳбуб ул- Қулуб.–Т.: Fофур Fулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1983, Б-12. 


32 
yoshga etgan faylasuflar ichidan tayinlanishi lozim. Boshqaruvchi bo‘ladigan odamlarni falsafa va san’at 
vositasida tarbiyalash zarur. Boshqaruvchilar qonunlarni o‘rnatadi, ijtimoiy ishlarni adolatli tarzda 
boshqaradi. «Qo‘riqchilar» davlatni himoya qiladi va jamiyatda tartibni izga soladi. «Dehqonlar» va 
«hunarmandlar» o‘z mehnatlari bilan fuqarolarni barcha hayot uchun zarur bo‘lgan narsalar bilan 
ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, Platon tomonidan ilgari surilgan jamiyatning sotsial strukturasi oliy darjada 
donishmand-faylasuf turgan qattiq ierarxiyani nazarda tutgan edi. 
Yirik yunon mutafakkiri Aristotel o‘zining «Siyosat» kitobida jamiyatning tabiiy kelib chiqishi, uning 
sotsial stratifikatsiyasi va sotsial adolat kabilarga doir qarashlari tadqiq etildi. Aristotelning fikricha, inson 
tug‘ilishdan boshlab instinktiv ravishda boshqalar bilan birgalikda hayot kechirishga intilpdigan 
mavjudotdir. Odamning boshqa mavjudotlardan farqi, uning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlardagi ezgulik, 
adolat, «umumiy foydani tushunib etganligi»dir. Aristotel jamiyatda bir-birini izchillik bilan bir-biriga 
almashib boruvchi insoniy ijtimoiy hayot shakllarini bir-biridan ajratib ko‘rsatib berdi: oila – yashash 
manzili (qishloq va boshq.) – polis (shahar-davlat). Arisiotel uchun davlat – odamning tabiiy ravishda 
boshqa odamlar bilan hayot kechirishga intilishi natijasida vujudga keladigan biralikda insoniy hayot 
kechirishning oliy tabiiy shaklidir. Oila – insoniy birlikning birlamchi shakli sifatida talkin etildi. Bir necha 
oilalar yashash manzilini tashkil etadi. O‘zaro bir-birlariga yaqin yashash manzillari shahar-davlatga 
birlashadi. 
Aristotel ilgari surgan sotsial struktura modelida asosiy strtifikatsiyaviy prinsip sifatida mulk senzi 
tanlandi. Unga muvofiq, fuqarolar uchta sotsial qatlamga bo‘linadi: kambag‘al, o‘rta qatlam va boy. 
Mutafakkirning fikricha, davlatda qanchalik o‘rta qatlam ko‘proq bo‘lsa, u shunchalik qudratli bo‘ladi, 
gullab-yashaydi. 
Antik yunon falsafasini yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan, SHarq uyg‘onish davrining 
mutafakkiri Abu Nasr Forobiy insoniy jamiyatni puxta o‘rgangan olimlar jumlasiga kiradi. Forobiy «Fozil 
shahar odamlari qarashlari» asarida jamiyat («inson jamoasi»)ning kelib chiqish sabablarini ilmiy jihatdan 
asoslab beradi: «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka 
erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, uning bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, 
ularga ega bo‘lish kishilik jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... SHu sababli yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni 
bir-biriga etkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z 
tabiati bo‘yicha intilgan etuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda 
ularning har biriga yashash va etuklika erishmoq uchun zarur bo‘lgan narsalarni etkazib beradi. SHuning 
uchun inson ko‘paydi va erning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga 
keldi»
20
. Mutafakkir nazdidagi inson jamoasi – bu kishilik jamiyati hisoblanadi. 
Forobiy jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi (sotsial strukturasi) sifatida jamiyatdagi turli ijtimoiy 
tabaqalarni chuqur tahlil etadi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, mukammal jamiyatda har bir tabaqa, yaxlit 
ijtimoiy organizmning ajralmas qismi sifatida, o‘zining muayyan funksiyalariga ega bo‘lib, go‘yoki shu 
vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashganlar. 
Forobiy orzu qilgan ideal davlatda ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi farqlanishlar saqlanadi. Platonning 
ideal davlat tuzumi haqidagi ta’limotida ko‘rsatilgani kabi, har bir tabaqaning vazifalari va majburiyatlari 
aniq belgilangan bo‘ladi, tabaqalar o‘zlarining maqomlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bo‘lgan faoliyat bilan 
shug‘ullanadi. Bir tabaqaga mansub bo‘lgan odam boshqatabaqa vakillari uchun tegishli bo‘lganishlarni 
bajarish huquqiga ega emaslar (masalan, boshqaruvchilar tabaqasiga mansub kishilar dehqonchilik yoki 
savdo ishlari bilan shug‘ullanmaydi). Fozil shahar-davlatda har bir tabaqaningjamiyatdao‘rni va maqomi 
mazkur tabaqa bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarning qanday bo‘lishi bilan belgilanadi. Tabaqa 
martabasining baland yoki past bo‘lishi uning hukmdorga yaqin yoki uzoq bo‘lishiga bog‘liqdir. 
Hukmdorga yaqin yoki undan uzoq bo‘lishning belgisi har bir tabaqa vakillarining aqliy (intellektual) va 
ma’naviy kamolot darajalarining yuksakligiga bog‘liqdir. Aqliy va ma’naviy kamolot darajalari yuksak 
10
Форобий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри. -Тошкент: А.Қодирий ном. халқ мероси нашриёти.1993.-Б.18-19. 


33 
bo‘lgan tabaqa vakillari, ya’ni hukmdorga yaqin odamlar yuqori lavozimlarni egallab, hurmatga sazovor 
bo‘lgan ishlarni bajaradi, ularning qo‘l ostida ishlovchilar esa pastroq lavozimlardagi ishlarni bajaradi. 
Ko‘rinib turibdiki, Forobiyning ideal davlat tuzumiga asoslangan jamiyatda (fozil shahar-davlatlarda) 
kishilarning ijtimoiy tabaqalarga bo‘linishi va ularning imtiyozlari saqlanadi. Mutafakkir biron-bir tabaqaga 
mansub odamlarning vazifalari va majburiyatlari o‘rtasida tafovutlarning saqlanishi, har bir odamning o‘z 
kasbini yaxshi bilishi va o‘z vazifalarini bajarishi jamiyatning sobitligi hamda adolatning yuzaga chiqishi 
uchun zarur bo‘lgan omildir, deb qaraydi: har bir odamning o‘z kasbiga tegishli vazifalarini to‘g‘ri bajarishi 
- jamiyatda adolatning saqlanishi va uni barqarorligini ta’minlash asosidir.
Mutafakkir o‘zining «Talxisi navomisi Aflotun» («Platon qonunlari mohiyati») asarida ilohiy 
qonunlarni doimo adolatli ekanligini ilgari suradi.
21
Fozillar jamiyatining adolatli bo‘lishi va tabaqalar 
o‘rtasida tavofutlarning saqlanishida 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin