O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   169
Fuqarolik jamiyati

adolat huquqiy kategoriya
vazifasini bajaradi. Ana shu jihatlardan 
yondashganda, Forobiyningadolatg‘oyasiga nisbatan ishlatgan ta’rifi Platon talqinlariga yaqindir. Lekin 
Forobiy qarashlaridagi adolat g‘oyasi kishilar o‘rtasida axloqiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarni, 
moddiy boyliklarni taqsimlash va o‘zaro almashuv munosabatlarini ham o‘ziga qamrab oladi. Mana shu 
erda Forobiyning qarashlari Platon talqinlaridan farqlanadi. Forobiy o‘zidan oldingi barcha 
o‘tmishdoshlaridan farq qilib, adolat haqidagi quyidagi ta’rifini keltiradi:«Adolat - avvalambor butun shahar 
ahli tomonidan yaratilgan ne’matlarni (to‘g‘ri) taqsimlash hamda kishilar o‘rtasida bu ne’matlarni 
taqsimlash qoidalarini saqlash demakdir. Bunday ne’matlar qatoriga (kishilarning) farovonligi, boylik (mol-
mulk), turli unvonlar va jamiyatda tutgan o‘rni hamda odamlarning moddiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotiga 
oid boshqa ko‘pgina ne’matlar (narsalar) kiradi. Jamoa a’zolarining har biri o‘zining xizmatiga yarasha bu 
ne’matlardan tegishli hissasiga egadir. Agar ne’matlar bir odamga nisbatan kamroq taqsim etilsa, bu holda u 
odamga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi. Aksincha, o‘sha odamga ne’matlar ko‘proq taqsim etilsa, unda boshqa 
fuqarolarga nisbatan adolatsizlik sodir qilingan bo‘ladi.
22
Xulosa qilib aytganda, adolat kishilar va turli tabaqalar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy-ijtimoiy 
munosabatlarda to‘g‘ri taqsimlashning belgisi vazifasini bajaruvchi kategoriyadir.«Adolatsizlikning sodir 
bo‘lishi, - deb yozadi Forobiy, - shunda ifodalanadiki, ne’matlarning tegishli hissasi berilmay qoladi».
23
Mutafakkirnnng fikricha, sotsial strukturalarning yashash mezoni – bu sotsial tabaqalar o‘rtasida, 
shuningdek davlat bilan tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlarda adolat prinsipiga qilishdir. 
Forobiy kishilarning diniy mazhabiga emas, balki ularning turli belgilari - tabiiy xususiyatlariga, 
qobiliyatlariga, aqliy iqtidorlariga hamda ilmlarni o‘rganish va hayotiy tajriba to‘plash jarayonida orttirgan 
bilim va ko‘nikmalariga qarab ijtimoiy guruhlarga bo‘ladi. Uning talqinicha,shahar - bu muayyan bir davlat 
uyushmasi, jamiyat (jamoa) esa - shu davlatga tobe bo‘lgan odamlarning tabaqalardan iborat birlashmasidir. 
Albatta, bu kabi qarashlar Platon va Aristoteltomonidan ilgari surilgan jamiyatning sotsial strukturalariga 
doir ta’limotini va bu strukturalarni tabaqalashish qonuniyatlarini yanada rivojlantirdi. 
Muayyan jamiyatning tarixiy rivojlanishini tahlil etish natijasida olingan tizimlar nazariyasi va 
sotsiologik tasniflardan kelib chiqib 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin