O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Sektor 
Daraja 
I sektor
II sektor 
III sektor 
Faoliyatga oid 
Davlat 
Iqtisodiyot, 
xususiy 
biznes 
NNTlar 
faoliyati 
Fuqarolik 
jamiyati 
Siyosiy 
uyushmalar 
(partiyalar, 
harakatlar) 
Iqtisodiy 
uyushmalar 
(kasaba 
uyushmalari, 
biznes-uyushmalar) 
Uchinchi 
sektor 
uyushmalari 
(NNT) 
Nofuqarolik 
jamiyati 
YAshirin
guruhlar 
Uyushgan
jinoyatchilik 
Tajovuzkor 
sektlar 
3.2.-rasm Fuqarolik jamiyati strukturasini uch sektorlik tizimi 
–davlatdan ayro bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish (avtonomlik);
–fuqaroviylik (sivilizatsiyaga erishganlik, ya’ni butun bir jamiyat va boshqalarning manfaatlarini 
e’tiborga olish qobiliyatiga ega bo‘lish,, huquqiy doira ichida xatti-harakat qilish);
–ishtirok va aloqalarning ixtiyoriyligi (vertikal aloqalar ustidan gorizontal alqalarning ustunligi).
Agar mazkur yondashuvga asoslanilsa, unda fuqarolik jamiyatining strukturalariga ixtiyoriy notijorat 
tashkilotlar (xayriya, huquqni himoya qilish, volontyor
40
va boshq.), ijtimoiy qatlamlar manfaatlariga doir 
guruhlar (kasaba uyushmalari, tadbirkorlik, fermerlar, ayollar, yoshlar nodavlat tashkilotlari) yoki biror 
maqsadga qaratilgan (madaniy, sport) tashkilotlar, shuningdek sotsial harakatlar (ekologik, urushga qarshi 
va boshq.) tegishli ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanadi. 
Fuqarolik jamiyatini rivojlanish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, yuqoridagi berilgan tavsiflarga muvofiq va 
mos keladigan ba’zi nodavlat tashkilotlar bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi chegara, demak ular doirasida 
harakat qilayotgan tashkilotlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yo‘qolib ketdi.
SHundan kelib chiqib, faoliyatlari fuqarolik jamiyati uchun g‘oyatda muhim bo‘lgan siyosiy 
partiyalar, biznes-hamjamiyatlar, ommaviy axborot vositalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish kabilarni 
jamiyatdagi o‘rnini tavsiflash maqsadida chegaraviy, yoki gibrid
41
shaklidagi tushunchalar taklif qilindi. 
Ana shunday chegaraviy sohaga «quyidagi» manfaatlarni ifodalovchi, fuqarolik jamiyati tizimida oraliq 
joyni egallovchi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishlidir. 
40
Волонтёр [фр. volontaire] –– ўз хоҳиши билан бирон-бир жараёнда иштирок этувчи шахс; (баъзи давлатларда, масалан Буюк Британия, 
Франция, Италия ва бошқ. ҳарбий хизматга ихтиёрий равишда кириш). 
41
Гибрид [лот. hibridaj] – бир неча уруғларни бирлаштирган ҳолда олинадиган насл; ижтимоий фанларда турли тушунчалар асосида 
битта тушунчани тавсифлашга нисбатан ҳам ишлатилади. 


44 
Fuqarolik jamiyatini siyosatdanbutunlay yiroq turadigan munosabatlar va institutlar tizimi sifatida 
tavsiflamaslik lozim. Bu jamiyatning genezisi
42
va tabiati turli tuman manfaatlarni davlat siyosatini 
belgilash jarayonida jamiyatdagi fuqarolar irodasi sifatida ifodalashi uchun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, 
ma’naviy-axloqiy, oilaviy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni etarli darajada tizimning tarkibiy 
qismlariga aylantira oladi. Bu tizim doirasida turlicha jamoat tashkilotlari, harakatlar, siyosiy partiyalar 
(idora etuvchi partiyadan tashqarilari), diniy tashkilotlar, iqtisodiy uyushma va birlashmalar, va nihoyat, 
insonning o‘zi shaxs sifatida o‘zining oilaviy, kasbiy, xizmat ko‘rsatishga oid va boshqa turli tuman 
manfaatlari hamda ehtiyojlarini qondirish uchun harakat qiladi. 
YAngi ijtimoiy individlar – teng fuqarolik huquqlariga va o‘zlariga xos fuqarolik sifatlariga ega 
bo‘lgan fuqarolar paydo bo‘lmasdan turib fuqarolik jamiyatining yashashi, uning shakllanishiga erishib 
bo‘lmaydi. Inson qachonki yuksak axloqiy fazilatlar, demokratik qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishga 
asoslangan ilg‘or dunyoqarash, shaxsiy qadr-qimmati, mustaqilligi va individualligini boshqa fuqarolarning 
huquq va erkinliklarini hurmat qilish bilan muvozanatda qadrlash, qonunlar va umuminsoniy jamiyat hayoti 
qoidalariga amal qilish kabilarni o‘z hayot tarziga aylantirganidagina fuqarolik darajasiga erishadi. 
Fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan yangi avlodga mansub bo‘lgan shaxs jamoat tashkilotlari va ijtimoiy 
institutlar bilan bo‘lakcha o‘zaro munosabatlarda bo‘ladi. Etarli darajada rivojlangan fuqarolik jamiyati 
yangi individlar nafaqat jamoaga qorishib va birikib ketadi, balki o‘zining shaxsiy individualligini namoyon 
qila oladi, yuksak ma’naviy qarashlarga ega bo‘ladi. Bunday holatga erishish faqat odamlarning ruhiyati va 
dunyoqarashini tubdan o‘zgartirganida, ularning iqtisodiy va sotsial maqomini yangi jamiyatga xos tarzda 
o‘zgarganidagina ro‘y beradi.
43
Fuqarolik jamiyati tarixiy rivojlanishning tadrijiy yo‘li hosilasi sifatida asta-sekiinlik bilan rivojlanadi. 
Bu kabi jamiyatning shakllanishi uchun muayyan shart-sharoitlar bo‘lishiga zaruriyat tug‘iladi: 
-fuqarolik jamiyati ikki xil yo‘l bilan – davlat yordamida (vositasida) yoki mustaqil ravishda 
shakllanishi mumkin. Mazkur jamiyatning davlat yordamida shakllanishi – bu jamiyatni shakllantirishga 
doir muayyan qonunlarni ishlab chiqilishi, demokratik strukturalarni rivojlantirish, davlat tomonidan umum 
qabul qilingan me’yorlarga qat’iy amal qilish. Mustaqil ravishda shakllanish– bu o‘rta mulkdorlar 
qatlamining jamiyatdagi hissasi ustuvor ahamiyat kasb eta boshlaganida, fuqarolar huquqiy madaniyati 
demokratik prinsiplar talablari darajasiga ko‘tarilganida, erkin fikrlaylaydigan fuqarolarning jamiyatga 
ta’siri sezilarli darajaga ko‘tarilganida fuqarolik jamiyati tadrijiy yo‘l bilan shakllanishi mumkin; 
-fuqarolarning ko‘pchilik qismini o‘z shaxsiy mulkiga ega bo‘lishi, uni turli shakllar va huquqlar 
doirasida mustaqil ravishda tasarruf etish huquqiga ega bo‘lishi, shuningdek mulkdorlar qatlamini mustaqil 
iijtimoiy birlik sifatida rivojlanishi natijasida fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun iqtisodiy shart-sharoilar 
tug‘ilishi mumkin. G‘arb tadqiqotchilarining fikricha, xususiy mulkning mavjudligi fuqarolik jamiyati 
sharoitida shaxsning erkinligini tayanch (bazaviy) sharti hisoblanadi; 
-fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun jamiyatda rivojlangan va turli tuman sotsial strukturalar 
etilgan bo‘lishi lozim. Bu strukturalar jamiyatdagi barcha fuqarolar ijtimoiy qatlamlari, guruhlari 
vakillarining turlicha manfaatlarini o‘zida ifodalaydi; 
-shaxsning sotsial, intellektual, psixologik jihatlardan rivojlanganligi, uning mustaqil faoliyat yuritish 
uchun ichki erkinligi va qobiliyatini shakllanganligi.
44
Hozirgi davrdagi gumanitar-ijtimoiy fanlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida fuqarolik 
jamiyati murakkab, ko‘p darajali aloqalar va strukturalar tizimi sifatida talqin etilmoqda. U o‘z ichiga barcha 
davlat faoliyati doirasidan tashqarida rivojlanadigan shaxslararo munosabatlarnioladi. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin