37
hukumat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida “de-yure” talablari doirasidagi muloqotlarning
mavjudligi, yoki, boshqacha aytganda, ijroiya hokimiyati tizilmalari
faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir eta
olishning legitim usullarini shakllanganligi.
SHu bilan birga, jamiyatni qonunlar asosida boshqarilishi ham ob’ektiv zaruriyat
hisoblanadi. Lekin, boshqaruv tizimida ba’zi mansabdorlarning byudjetni ijro etishi va turli
resurslarni taqsimlash va boshqaruv faoliyatida qonunlar bilan belgilanmagan turli ruhsatnomalar
berish, tadbirkorlikni nazorat qilish kabi turli byurokratik vositalar paydo bo‘ladiki, ular doimo
jamiyatni rivojlanishiga to‘siq bo‘lib kelgan.
SHuningdek, bu kabi holatlar ob’ektiv zarurat
hisoblanmaydi. Ularning barchasi boshqaruv an’analaridan chiqarib tashlanishi zarur.
Umuman, fuqarolik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun
davlat organlari
quyidagilarga amal qilishiga zarurat tug‘iladi:
-qarorlar qabul qilishva ularni ijrosini amalga oshirishda u yoki bu ijtimoiy tizilmalar
bilan kelishib faoliyat ko‘rsatishi shart ekanligi;
-davlat organlari vakolatlarini bir qismini nodavlat tashkilotlarga o‘tkazish.
SHuningdek, davlat apparati funksiyalarini nodavlat tashkilotlarga o‘tkazib borish bilan
boshqaruv tizimi ham demokratiyalashib boradi. Masalan, Buyuk Britaniyada davlat organlari
faqat nodavlat tashkilotlari bajara olmaydigan yoki bajarishni istamaydigan funksiyalarni
bajaradi (ya’ni qoldiq prinsipiga amal qiladi).
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: vertikal
ierarxiya asosida boshqarish manbai insonlardan iborat bo‘lganzaruriy qadriyatlarni
shakllaninishini izdan chiqarib turadi. SHuning uchun ham boshqaruvda davlat va jamiyatning
rolini
muvozanatlashtirish
boshqaruvni
modernizatsiyalashning
ustuvor
yo‘nalishi
hisoblanmoqda.
SHuning uchun ham davlat boshqaruviga doir (ma’muriy)
islohotlarni amalga
oshirishningkafolati fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish bilan uzviy ravishda
bog‘liqdir. CHunki,
Dostları ilə paylaş: