Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyatining struktusi quyidagilardir: iqtisodiy faollikning individual
shakllari; jamoaviy xo‘jaliklar, kooperativlar, xususiy korxonalar va aksionerlik jamiyatlari (sanoat, savdo,
moliyaviy sohalarda); tarmoqlar bo‘yicha birlashmalar va uyushmalar (tadbirkorlar, fermerlar, sanoatchilar,
banklar, neftchilar kabilar birlashmalari). Bu korxona va tashkilotlar fuqarolarning o‘z tashabbuslari bilan
tuziladi. Ular bilan bir qatorda davlatning unitar korxonalari ham faoliyat yuritishi mumkin. Raqobatchilik
aloqalari va manfaatlarni intergatsiya qilish masalalari erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan hal etiladi.
Fuqarolik jamiyatining
ijtimoiy-siyosiy sohasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: fuqarolar ijtimoiy-
siyosiy faolligining turli shakllari (majlislar, namoyishlar va boshq.); ijtimoiy, siyosiy tashkilotlar va
harakatlar (kasaba uyushmalari, kam ta’minlangan qatlamlarlarga yordam uyushtirish jamiyati, nogironlar
jamiyati, partiyalar va boshq.); o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat ommaviy axborot vositalari.
Ularning an’anaviy strukturaviy unsurlari: oila, sotsial guruhlar va birliklar. Bu mohada ijtimoiy fikrni
shakllantirish va ifodalash, umum qabul qilingan me’yorlar va qadriyatlarni joriy etish, sotsial ixtiloflarni
kelishtirish, sotsial birliklarni o‘zini o‘zi tashkillashtirishni rag‘batlantirish, fuqarolar hamkorligi asosida
o‘zaro yordamlar uyushtirish.
Fuqarolik jamiyatining
ma’naviy sohasi bevosita odamlarning ma’naviy-axloqiy jihatlardan
rivojlanishi, ularning ilmiy va badiiy ijodiyoti, madaniy rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bu sohadagi fuqarolik
jamiyatining unsuri - bu so‘z va vijdon erkinligidir. Ularni amalga oshirish alohida olingan shaxslarning o‘z
e’tiqodlarini himoya qilish, o‘z fikrini oshkora ayta olish, o‘z shaxsiy g‘oya va konsepsiyalarini rivojlantirish
imkoniyatlariga ega bo‘lish, ijodiy tashabbuskorlik vao‘zini o‘zi rivojlantirish uchun shart-shapoitlar
yaratishni ifodalaydi. Bu soha o‘z ichiga mustaqil faoliyat yuritadigan ijodiy, ilmiy, madaniy, ma’naviy,
ma’rifiy va boshqa uyushmalar, birlashmalar va tashkilotlarni oladi (masalan, yozuvchilar, rassomlar,
kompozitorlar, uyushmalari, ilmiy hamjamiyatlar, madaniy va ma’rifiy tashkilotlar, diniy maskanlar va
boshq. (3.3.-rasm).
Fuqarolik jamiyati strukturasi o‘zida jamiyatni sotsial-tabaqaviy jihatdan bo‘lishni aks ettirsa ham u
aslida jamiyat (suveren va mustaqil) sub’ektlarining erkin o‘zaro ta’siri hamda bog‘lanishlari natijasi o‘laroq
shakllanadi. Fuqarolik jamiyati manfaatlar muvozanatiga asoslanganligini uchun ham uni strukturalarini
tavsiflashda asosiy ahamiyat kishilarni turli birliklarga birlashtirish va ularning a’zolik tabiatini ochib
beradigan uyushfunksionaltahlilga qaratiladi. Bu xulosalardan yana bir muhim holat kelib chiqadi.
Fuqarolik jamiyatining strukturasi o‘zida gorizontallik tabiatinikasb etadi. Unda davlatdan farq qilib, vertikal
aloqalar (bo‘ysunish) emas, balki gorizontal munosabatlar ustunlik qiladi. Fuqarolik jamiyatida erkin va
yuridik jihatdanteng huquqli hamkorlarning o‘zaro munosabatlari (raqobat, qarama-qarshilik, hamkorlik,
birdamlik) shakllanadi. Fuqarolik jamiyatining strukturalari o‘zini o‘zi tashkil etuvchi, o‘zini o‘zi
boshqaruvchi sifatidadagi teng huquqli sub’ektlar (hamkorlar, o‘zaro nartnoma tuzuvchilar) va ixtiyoriy
hamda erkin istak bildirishlar natijasida paydo bo‘ladi.
SHu tariqa, fuqarolik jamiyati faqat tizimli sifat kasb etganidagina o‘zining sotsial harakatchanligiga
va etukligiga erishadi, deb xulosa qilish mumkin. Bu tizimlilik ierarxik emas, balki muvofiqlashtirish tarzini
kasb etadi.Bunda barcha sotsial birliklar (manfaatlarni ifodalash asosida tashkil topgan guruhlar) bir-
birlariga bo‘ysunmaydi, balki o‘zaro aloqalar asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolik jamiyatining boshlang‘ich
mezonlari – bu manfaatlar, huquq va shaxs erkinligidir. Erkinlik va adolat fuqarolik jamiyati sharoitida
odamlar faoliyatini yo‘lga qo‘ygan holdasotsial omillik kasb etadi.
Fuqarolik jamiyati davlat tomonidan himoya qilinadigan barqaror huquqiy me’yorlarsiz yashay
olmaydi. Fuqarolarning asosiy shaxsiy huquq va erkinliklariga quyidagilar kiradi: o‘z sha’ni va qadr-
46
qimmatini himoya qilish; o‘zining qaysi millatga mansubligini o‘zi aniqlash huquqi; shaxsiy va oilaviy
sirlarni saqlash huquqi; hayot kechirish huquqi; vijdon erkinligi huquqi; fuqarolarning uy-joyi va shaxsiy
hayoti,daxlsizligi, yozishmalarnini sir saqlanishi; suda himoyalanish huquqi, davlat organlari va mansabdor
shaxslar xatti-harakati ustidan shikoyat qilish huquqi; qaerda bo‘lish va yashashni tanlash, erkin ravishda bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi; qaysi tilda so‘zlashishni erkin ravishda tanlash huquqi; axborot olish
huquqi va boshq.