O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


-MAVZU:  JAXON TAJRIBASIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI FAOLIYATI  Reja



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   169
Fuqarolik jamiyati

3-MAVZU: 
JAXON TAJRIBASIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI FAOLIYATI 
Reja: 
1.
 
Demokratik institutlar rivoji fuqarolik jamiyati talabi. 
2.
 
Fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruviga ishtiroki. 
3.
 
Jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatiningmuhim sharti. 
4.
 
O‘zbekistonda siyosiy partiyalar tadrijiy rivoji va huquqiy asoslari. 
5.
 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining konstitutsiyaviy negizlari. 
 
1. Demokratik institutlar rivoji - fuqarolik jamiyati talabi. 
Demokratik tamoyillarga amal qilib, fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilgan jamiyatda 
fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng jalb etish, faol ishtirokini ta’minlash asosiy 
siyosiy maqsadga aylanadi. Bu, demokratik institutlarning rivojini xarakterlovchi muhim 
mezondir. SHu ma’noda, "
Demokratiya
, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, –

inson, jamiyat, davlat degan uch sub’ekt o‘zaro bir-birini to‘ldiradigan, bir-birini boyitib, 
kerak bo‘lsa, nazorat qilib turadigan tizim demakdir. Bu har qaysi insonning jamiyat 
bilan, jamiyatning esa davlat bilan munosabatini, ular o‘rtasidagi muvozanatni 
anglatadi»
53
.
Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonda xalqni davlat 
hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlashning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratilishiga 
alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat asoslariga o‘tish, totalitarizmdan 
meros bo‘lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor 
yo‘nalishiga aylandi. Qisqa davrda mamlakatda "fuqaro - jamiyat -davlat" tizimi qonuniy asosga 
qo‘yildi. Bu – siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo‘lgan jarayon. CHunki, uning 
mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni nazarda tutadi, eng muhimi, fuqaro 
manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda, insonning 
barcha huquqlari: xususan, davlat ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar 
erkinligini amalda ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi. '"Fuqaro" va "davlat" munosabatlaridagi 
mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularni davlat hokimiyatini boshqarishga 
bo‘lgan mas’ulligi hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi vujudga keldi. Jumladan, bosh 
Qomusimizning 32-moddasida belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish 
huquqiga egadirlar
54
deb, belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik 
institutlarning rivoji bilan ta’minlanadi. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin