58
siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida
faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini
ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin
55
.
Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda
muhim ahamiyat
kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki,
demokratik
tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o‘rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik
nazoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan
muammolarni belgilash va
bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Bugungi
kunda,O‘zbekistonda
fuqarolik
jamiyati
institutlarini
shakllantirish
va
rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular
jumlasiga
asosiy xujjatlar sifatida, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”
(1991y.), “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”
(1992y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida” (1999 y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996 y.), “Jamoat
fondlari to‘g‘risida” (2003 y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004 y.),
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991 y), “Nodavlat
notijorat tashkilotlari
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007 y), “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” (1997 y),
“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” (2014 y) O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarini e’tirof etish mumkin.
Dostları ilə paylaş: