O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Birinchidan,
«Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida» Qonun bugun mamlakatda ijro etish bilan 
bog‘liq, asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari zimmasida bo‘lib kelayotgan bir qator 
vazifalar va ular bo‘yicha vakolatlarga egalikda davlat – jamiyat sherikchiligini ifodalaydi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
dasturlarini 
amalga 
oshirishda 
ularni 
loyihalashtirish, 
tashkillashtirish, tartibga solish, boshqarish, nazorat qilish bo‘yicha vazifalar va vakolatlarning 
bir qismi fuqarolik jamiyati institutlari zimmasiga o‘tishi bir tomondan davlat va jamiyat 
boshqaruvini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirsa, ikkinchi 
tomondan bu fuqarolik jamiyatiga o‘tish talablaridan birining hal etilishini ifodalaydi.
Ikkinchidan,
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hozirgi vaqtda ijtimoiy-gumanitar 
muammolarni tahlil etish va ular bo‘yicha belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda etakchilik 
qilib keladi. 
Uchinchidan,
davlat tuzilmalari ushbu munosabatlarga o‘z vakolatlarida belgilangan 
me’yorlardan kelib chiqib yondashadi, fuqarolik jamiyati institutlarining esa o‘rtadagi masalani 
hal etishda ishtirok etish vakolatlari aniq emas. Bu holat esa o‘z-o‘zidan masalaning bir 
tomonlama hal etilishi yoki sansolorlikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
To‘rtinchidan, 
fuqarolik jamiyati institutlarining o‘z-o‘zini boshqaruv mexanizmlari va 
huquqiy vakolatlarining o‘zgarishi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mexanizmi va 
huquqiy vakolatlarida ham tarkibiy o‘zgarishlarini vujudga keltiradi. 
2010 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 
qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ko‘ptarmoqli NNTlarni rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlash yangi bosqichining boshlanish davri bo‘ldi.
Konsepsiyaning qoidalaridan kelib chiqib, bir qator qonun hujjatlari, shu jumladan 2013 
yil 28 dekabrda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, NNTlar ekologik 
nazoratning asosiy sub’ekti sifatida belgilandi. 
2014 yilning 5 mayida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi 
to‘g‘risida”gi Qonun, shu yilning 25 sentyabrda esa “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun 
qabul qilindi.
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra NNTlarni ijtimoiy ahamiyatga molik 
masalalarni hal qilishda ishtirok etishga samarali jalb qilishning va davlat tomonidan 
rag‘batlantirishning shakllaridan biri sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, 
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat 
tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari 
orqali NNTlar faoliyatini moliyalashtirishning yangi mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 dekabrda qabul qilingan PQ–2085-
sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi ushbu sohadagi qonunchilikni 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


64 
Prezident 
qarorini 
amalga 
oshirish 
maqsadida 
2014 
yil 
10 
martda
57-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.
YUqorida qayd etilgan qonun hujjatlariga ko‘ra NNTlarni tuzish va faoliyatini tashkil 
etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yanada takomillashtirildi va sezilarli darajada 
soddalashtirildi, xususan:
1.NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari miqdori 5 
baravarga, ularning ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imlar 
miqdori 2,5 baravarga kamaytirildi. Bunda nogironlar, fahriylar, xotin-qizlar va bolalar jamoat 
birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji mazkur qaror bilan tasdiqlangan 
davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi; 
2.O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan NNTning alohida bo‘linmalari 
(vakolatxonalari va filiallari)ni, shu jumladan yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lganlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga olish uchun davlat boji undirilmaydi; 
3.Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki oydan bir 
oyga kamaytirildi; 
Taqdim etilgan arizalarni oqibatsiz qoldirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish instituti 
chiqarib tashlandi; 
4.Ta’sis hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilib, hujjatlarni notarial tasdiqlash 
talabi bekor qilindi, shuningdek, endilikda ta’sis hujjatlari avvalgidek uch nusxada emas, balki 
faqat ikki nusxada va faqat davlat tilda taqdim etiladigan bo‘ldi; 
NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim qilish tartibi soddalashtirildi va 
h.k. 
5.Hujjatlarni notarial tasdiqlashni bekor qilish, NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddatining qisqartirilishi kabi ijobiy o‘zgarishlar 
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida”gi 2014 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-381 Qonunida ham o‘z aksini topdi.
SHu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi qarori bilan Nodavlat 
notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlarrejasi tasdiqlandi.
1.Davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNTlarning milliy qonunchilik va xalqaro 
shartnomalarda mustahkamlangan huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi masalalariga 
muhim ahamiyat berildi.
2.Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57-sonli qaroriga ko‘ra har chorakda 
NNTning rahbar organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarini adliya organlariga taqdim qilish 
amaliyoti bekor qilindi.
3.NNTlarning faoliyati shak-shubhasiz turli xil tadbirlarni o‘tkazish orqali erishiladigan 
hayriya va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan. Bu erda shuni ta’kidlash 
joizki, 
qonunchilikda 
shuningdek 
NNTlar 
tomonidan 
tadbirlar 
o‘tkazish tartibini 
takomillashtirishga qaratilgan tegishli ijobiy choralar ko‘rildi.


65 
4.Xususan, 2015 yilning 4 iyunida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i 
bilan (ro‘yxat raqami 2679) Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi 
to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. NNTlarning tadbirlarini kelishishning huquqiy belgilanishi avval 
ham mavjud bo‘lganligi sababli ushbu nizom yangilik hisoblanmaydi. Mazkur nizomning asosiy 
vazifasi huquqni qo‘llash amaliyotida bir xillikni ta’minlashdan iborat.
5.NNTlar faoliyatining erkinligini kafolatlash va tadbirlarni hech qanday to‘siqlarsiz 
o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, nizomda qonun hujjatlari va NNT ustavida belgilangan 
maqsadlardan kelib chiqib o‘tkazilayotgan tadbirlarga adliya organlari vakilining noqonuniy 
aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek NNTning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning 
noqonuniy hatti-xarakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi alohida belgilab o‘tilgan.
NNTlar faoliyatini tartibga solish sohasidagi qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlarga 
ob’ektiv nazar tashlansa, mazkur ma’ruzaning xulosasi sifatida shuni qayd etish mumkinki, 
ularning barchasi:
-

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin