O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


O‘zbekistonda NNT rivojlanish dinamikasi



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 
O‘zbekistonda NNT rivojlanish dinamikasi 
 
3. Jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining muhim sharti. 
Ma’lumki, istiqlol 
yillarida milliy qadriyatlar, madaniy an’analarni jahonning ilg‘or demokratik tamoyillari bilan 
boyitgan holda davlat-jamiyat hamkorligiga tatbiq etishning o‘zbek modeli tajribasi yaratildi. 
Bugun ko‘plab davlatlar davlat va jamiyat munosabatlarini tartibga solishning eng maqbul yo‘li 
sifatida qarayotgan bu amaliyot davlatimiz asosiy qonunlari shakllanishidayoq e’tiborga olindi. 
Xususan, bosh Qomusimizning 56 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan 
tartibda ro‘xatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, 
xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va 
fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi
60
” deb, uning 
huquqiy ob’ekti o‘z ifodasini topgan. 
SHuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Davlat jamoat 
birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy 
hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. 
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, 
shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga 
aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”
61
kabi normalarning mustahkamlanganligi mamlakatimizda 
jamoat 
birlashmalarining 
shakllanishi 
va 
rivojlanishi 
davlat 
tomonidan 
to‘laqonli 
ta’minlanganligi hamda uning organlari bilan teng huquqda hamkorlik qilishini ko‘zda tutadi. 
YUrtboshimiz “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyati rivojlantirish” Konsepsiyasi yuzasidan qilgan ma’ruzasida fuqarolik jamiyati 
institutlarining yanada rivojlanishiga erishish bir qator qonunlarni qabul qilish bilan bog‘liqligini 
59
Маҳсумов С., Зоҳидова М.Ислоҳотларга дахлдорлик ҳисси ошиб бормоқда // “Халқ сўзи”, 2013 йил 15 март. 
60
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон. 2014. 19 б. 
61
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Т.: Ўзбекистон. 2014. 20 б. 
95 
2585 
6000 
8250 
1991 й. 
2000 й. 
2013 й. 
2015 й. 


63 
ta’kidlab o‘tdi. Unda, jumladan, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»qonunda davlat hokimiyati va 
fuqarolik jamiyati institutlari munosabatlarida bir qator o‘zgarishlar vujudga keladi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin