O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   169
Fuqarolik jamiyati

2.
 
Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari
Endi bevosita fuqaroviy ongning mazmun mohiyatiga e’tibor qaratish o‘rinlidir. 
Fuqarolik 
ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, 
jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat
. Albatta har bir davlat va 
jamiyatda demokratik qadriyatlar o‘ziga xos tamoyillir va me’yorlar asosida qabul qilinadi. 
Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu 
davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi.
Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, 
shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi, muloqotga etaklovchi singari rang barang vazifalarni 
bajaradi.
Bu vazifalar ta’sirlashgan holda o‘zaro kesishadilar va bir-birini to‘ldiradi. Ularning 
ko‘pchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo davlat organlari qonunlar, me’yoriy 
hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat yuritsa, fuqarolik ongi erkin 
shakllanadi. Fuqaroviy ong me’yorlari ijtimoiy-siyosiy jarayonlar natijasida shakllanadi, uni 
muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga oshiradigan maxsus tuzilmalar bo‘lmaydi. Fuqarolik 
ongining vazifalari alohida individ emas, balki butun jamiyat faoliyati bilan bog‘liq. 
Fuqarolik ongi jamiyat hayotida turli shakllarida namoyon bo‘ladi. Kishilar shaxsiy va 
ijtimoiy qadriyatlar borasida o‘z qarashlari, tasavvurlari, qadriyatlari, intilishlari, me’yorlarini 
turli ko‘rinishlarida namoyon etishadi. Jamiyat, guruhlar, shaxsning ijtimoiy manfaatlari 


53 
namoyon bo‘ladigan fuqaroviy manfaatlar tizim holiga keladi. Aynan tizim holida bo‘lganligi 
tufayli fuqaroviy manfaatlar har bir shaxsning qadriyatlarini hayotga tatbiq etadi, uning 
jamiyatga, davlatga, boshqa fuqarolarga nisbatan munosabatini shakllantiradi. Fuqaroning 
mas’uliyati, maqsadlari, vazifalarini belgilashga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Aynan ana shu tarzda shakllangan fuqaroviy 
ong fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat qiluvchi qadriyatlar, me’yorlar, g‘oya hamda 
tasavvurlarni shakllantirish, jamiyatni komillik va erkinlikka etaklashga xizmat qiladi.
Fuqarolik jamiyati bir necha avlod almashinuvini talab etadigan jarayon bo‘lgani singari 
fuqaroviy ong ham tarixiy davr mobaynida shakllanadi. Har bir mamlakatdagi fuqaroviy ong 
shu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tizimning tabiatiga mos ravishda shakllanadi. SHu 
mamlakatga xos bo‘lgan ijtimoiy tizim, aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi. 
Fuqarolik ongi tabiiy va tadrijiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, uni sun’iy jihatdan 
tezlashtirish mumkin emas. U ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy omillar negizida tadrijiy tarzda 
shakllanadi. Har bir avlod mavjud demokratik qadriyatlarni o‘zlashtiradi va yangilarini 
yaratadi. Bu jarayonda fuqarolik ongini belgilab beruvchi me’yorlar va qadriyatlarni saqlash 
hamda uzluksiz takomillashtirish eng muhim faoliyat hisoblanadi.
Tadrijiy taraqqiyot natijasida demokratik tasavvurlar mustahkamlanib, asta sekinlik bilan 
fuqarolik tajribasi to‘planib boradi. 
Fuqarolik ongi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Fuqarolik ongi ijtimoiy tizimning 
o‘zgarishi bilan yangilanadigan qadriyatlarga moslashib boradi. Boshqa tarafdan fuqarolik ongi 
ijtimoiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi faol omil hisoblanadi. U fuqarolarni faol harakatga 
boshlovchi tasavvurlar bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli, jamiyat o‘zligining yangilanishiga, 
ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi omilga aylanishi mumkin. Fuqarolik ongi ijtimoiy 
taraqqiyotning ruhiy negizini yaratgan holda jamiyatning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 
Fuqarolik ongi yangi g‘oyalarni qabul qilish darajasida ochiq xarakterga ega. YAngi 
g‘oyalar shu tizimga mos ekanligi o‘z isbotini topgan taqdirda asta sekin jamiyatning 
mohiyatiga singib boradi. 
Madaniy yangilanishlar uzluskiz tarzda ijtimoiy ongga ta’sir ko‘rsatish darajasida ko‘p 
ro‘y bergan taqdirda jamiyatda voqelikni his etish uchun yangicha usullar vujudga keladi va bu 
o‘z navbatida fuqaroviy ongning o‘zgarishiga olib keladi. 
Mamlakatda siyosatni tubdan o‘zgartirish hatto mulkka nisbatan munosabatni ham 
butunlay o‘zgartirish mumkin, ammo kishilarning asosiy qarashlari va qadriyatlarini tezlik bilan 
o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Fuqarolik ongi umumiy tamoyillargagina asoslanmasdan, mohiyati jihatidan o‘zgarib 
boradi. Albatta jamiyatda barqaror bo‘lgan, har qanday siyosiy tizimga xos bo‘lgan tarixiiy 
tajriba, an’analar singari o‘zgarmas xususiyatga ega qadriyatlar mavjud bo‘lib, ular fuqaroviy 
ongda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tezkor o‘zgarishlarni tiyib turadi. YAngi tarixiy tajriba esa 
aynan ana shunday qadriyatlar negizida vujudga keladi va fuqarolar ongiga singib boradi.
Tushuncha sifatida “fuqarolik ongi” haqida gap ketganda avvalo fuqaroning davlat bilan 
siyosiy-huquqiy munosabatlari nazarda tutilib, kishining biror-bir davlatga mansubligi va shu 
davlatning qonunlariga bo‘ysunishi tushuniladi. Kishining huquqiy maqomida ifodalangan 


54 
fuqarolik davlat bilan fuqaro o‘rtasida amal qiladigan bir qator huquq va burchlar bilan 
mustahkamlangan. 
Turli ijtimoiy sub’ektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi ro‘y beradigan va manfaatlari amal 
qiladigan jamiyat munosabatlariga fuqaroviy ong kirib boradi va ularni aks ettiradi. 
SHuningdek, u kishilararo munosabatlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ularga aniqlik, mazmun va 
shakl bag‘ishlaydi. Kishilarning ijtimoiy hayot hamda davlatga nisbatan, shaxs bilan davlat 
o‘rtasida haqiqiy va me’yoriy munosabatlar to‘g‘risidagi tasavvurlari fuqaroviy ongda 
mujassamlashgan. 
Ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa me’yorlar, talablar, 
tamoyillir, qoidalar umumiy fuqaroviy dunyoqarash shaklida fuqaroviy ongning tarkibiy 
elementlari sifatida namoyon bo‘ladi. 
Demokratik jamiyatning barqarorligi demokratik qadriyatlar bilan boyishni taqozo etadi. 
Bu jarayon jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy erkin sharoitda yashashga qanchalik tayyor 
ekanliklari, ya’ni shaxslarning fuqaroviy etukligi va faolligiga bog‘liq. O‘z navbatida fuqaroviy 
etuklik va fuqaroviy mus’uliyat jamiyat a’zolarining fuqaroviy ongi darajasi bilan belgilanadi. 
Aynan fuqaroviy ong jamiyatning ma’naviy, intellektual hamda ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini 
shakllantiradi. 
Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yo‘lida 
fuqarolar o‘rtasida kelishuv bo‘lishiga xizmat qiladi. Jamiyatda ro‘y beradigan turli ijtimoiy-
madaniy omillar ta’sirida fuqaroviy ong o‘zgarib boradi va fuqaroviylik to‘g‘risidagi g‘oyalar 
taraqqiyotida o‘z aksini topadi.
Davlat va jamiyat, davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning tabiati haqidagi 
bilimlarning kengayishi “fuqaroviylik” tushunchasini qayta qayta tafakkur qilishni taqozo etadi. 
Ijtimoiy jarayonlar natijasida sayqallangan fuqaroviy madaniyat va fuqaroviy ong kishilarni 
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy jihatdan shakllantiradi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin