O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169
Fuqarolik jamiyati

birinchidan,
jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida 
ihtiyoriy ravishda shakllangan, boshlang‘ich nodavlat tizimlarini o‘z ichiga qamrab olgan 
insoniy birlikdir; 
ikkinchidan,
jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy, ma’naviy, axloqiy, diniy, 
ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir; 
uchinchidan,
erkin individlar, ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarning 
turli organlar taziyqlari, aralashishlari yoki bir qolipga solishlaridan qonunlar vositasida 
himoyalangan jamiyati bo‘lib, unda ular o‘zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy 
imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. 
2-MAVZU:
FUQAROLIK JAMIYATI G‘OYALARI EVOLYUSIYASI 
 
Reja: 


28 
1. Jamiyat sotsial strukturasiga doir dastlabki talqinlar. 
2. Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida
3. Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning o‘zigaxos jihatlari. 
4.Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat sotsial strukturalarining rivojlanishida yangi 
tamoyillar. 
5.Fuqaroviylik, mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari
6.Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari
7.Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o‘rni 
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya 
sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir 
guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamaddunimahsuli sifatida amaliyotga 
tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu 
masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum 
davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan.Har qanday fan, o‘z mohiyatiga 
ko‘rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini 
qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi 
g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir. 
Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalariMarkaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy 
hayotining yorqin namunasi“Avesto” muqaddas kitobida izchil yoritilgan. 2001 yildamillat 
ma’naviy madaniyatining eng qadimgimanbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan 
tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu 
noyob asar bebaho tarixiy xujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining 
madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga, 
asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat 
beradi” debalohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu 
maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi 
ekanligidan dalolatdir.
Avestoning “YAshtlar”, “Vispirat”, “Vididod” qismlarida oila va jamoada berilgan 
so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh 
ekanligio‘z ifodasini topgan. Xususan, “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun 
mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur etkazadi”.“O 
Spitama, ahdingni buzma...” g‘oyalaridavlatlar siyosiy tizimininghuquqiy asosi, adolat manbai 
bo‘lib, ular Rim huquqidan ham qadimiyroqdir.
Avestodagi fuqarolik jamiyatini qurishning birlamchi omili erkak va ayolning teng 
huquqliligi, oilaning barqarorligini ta’minlash g‘oyasi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga 
bo‘lib,bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiva boshqa me’yoriy hujjatlarda 
ayollarning teng imkoniyati vakeng huquqlari ta’minlangan. XXI asrda ba’zi mamlakatlarda 
ayollarning saylash va saylanish huquqi umuman inkor qilinayotgan bir davrda,O‘zbekiston Oliy 
majlis qonunchilik palatasiga ayollarning saylanishi uchun 30% kvotaning ajratilishi, 1995 yilda 
“Oila” kodeksining qabul qilinishi, bir tomondan yurtimizda ayollarga munosabat va oilaviy 
qadriyatlar qadimiy ildizlarga egaligini ifodalasa, ikkinchi tomondan fuqarolik jamiyatini qurish 
yo‘lidagi oqilona siyosatning yorqin ifodasidir.


29 
Fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida o‘rganilganligi 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2014 yilda Samarqandda o‘tkazilgan “O‘rta asr SHarq 
mutafakkirlarining ilmiy merosi zamonaviy sivilizatsiyada o‘rni va ahamiyati”mavzusidagi xalqaro 
konferensiyada so‘zlagan nutqida“Olim va tadqiqotchilar fikricha, SHarq xususan Markaziy Osiyo, 
IX-XII va XIV-XV asrlarda bo‘lganilmiy hamjamiyat tomonidan Buyuk SHarq uyg‘onishi deya 
nom olgan yirik ilmiy madaniy uyg‘onish uchun asos sifatida xizmat qildi”
3
deb alohida ta’kidlagan. 
Darhaqiqat, Markaziy Osiyo uyg‘onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli 
jamiyat qurish, davlat rahbari va xizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy 
mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, 
Beruniy, YUsuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar ijodida 
keng tahlil qilingan.
Xususan, Abu Nasr al-Farobiy (870–950) ning “Fozil odamlar shahri”, “Davlat arbobining 
aforizmlari” asarlarida sharqona siyosiy-huquqiy va ijtimoiy fikr tarixida ijtimoiy tizim, siyosat, 
davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan. Abu Nasr Farobiy fikricha adolatli 
jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, 
odamlargayovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. U davlat 
rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli 
davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolatetakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari 
bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy “Ularning o‘zlaridan 
saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, 
sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. SHuning uchun bunday rahbarlar 
o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar”
17

deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq axloqiy va madaniy 
qadriyatlarni tizimlashtiradi
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston” asarlarida 
adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan. 
Uning fikricha,jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga 
ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va 
rivojlantirilishi lozim.. Davlat rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va 
kuchsizlar o‘rtasidagi siyosiy va huquqiy adolat mezonlarini o‘rnatishdadir. Bungauning fikricha 
ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin