O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Jon Lokk
(1632-1704) haqli ravishda 
huquqiy davlatning atoqli mafkurachilaridan biri hisoblanadi. U o‘z g‘oyalarini «Davlatni 
boshqarish haqida ikki risola» asarida bayon etgan. Uning ta’limotida odamlarning tabiiy holati, 
fuqarolik jamiyatining shakllanishi va davlatning tashkil topishi muammolari tushuntirilgan. 
Lokk huquqiy davlatning bosh elementi bo‘lgan hokimiyatning bo‘linishi nazariyasining 
asoschisi hisoblanadi.
Xususiy mulk nazariyasi Lokkda mehnat bilan uzviy bog‘liq. Odamlar asosan o‘z mol-
mulkidan tinch va xavfsiz foydalanish maqsadida jamiyatga qo‘shiladilar, bunda mazkur 
jamiyatda qabul qilingan qonunlar buning asosiy quroli va vositasi bo‘lib xizmat qiladi, deb 
hisoblaydi Jon Lokk.
Fuqarolik jamiyatiga birlashish – bu qulay, tinch va farovon hayot kechirish, o‘z mol-
mulkidan xotirjam foydalanish va o‘zini mazkur jamiyat a’zosi bo‘lmagan odamlarga qaraganda 
xavfsizroq his qilish uchun boshqalar bilan kelishish demakdir.


22 
Fuqarolik jamiyati tushunchasining liberal talqini, yuqorida aytib o‘tganimizdek, Tomas 
Gobbs va Jon Lokk davrida yaratilgan. «Fuqarolik jamiyati» tushunchasini ular kishilik 
jamiyatining tarixiy rivojlanishini, insonning tabiiy mavjudlikdan ma’rifatli hayot tarziga 
o‘tishini aks ettirish uchun ilmiy muomalaga kiritgan.
Tomas Gobbs bunday holatga davlat mavjud bo‘lgan holda erishish mumkin deb 
hisoblagan. U davlat bo‘lmagan joyda urush, qo‘rquv, qashshoqlik, yolg‘izlik, yovvoyilik, 
jaholat, davlatda – oqilonalik, xavfsizlik, boylik, tartib, bilim va olijanoblik hukm suradi, deb 
yozgan.
Liberalizm asoschisi Jon Lokk birinchi bo‘lib shaxsni jamiyat va davlatdan, erkinlikni – 
boshqa qadriyatlardan ustun qo‘ygan. Erkinlikni u davlatning aralashuvidan xoli holat sifatida 
tushungan.
Fuqarolik jamiyatini tahlil qilishga nisbatan boshqa bir yondashuvni G.Gegel (1770-1831) 
taklif qiladi. U fuqarolik jamiyatiga o‘z kundalik ehtiyojlarini mehnat yordamida qondiruvchi 
individlar majmui deb qaraydi. Uning fikriga ko‘ra, fuqarolik jamiyatining negizini xususiy mulk 
tashkil etadi.
G.Gegel fikri bo‘yicha, tarixiy jarayonni harakatlantiruvchi kuch sifatida fuqarolik jamiyati 
emas, balki davlat amal qiladi, u barcha fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi, inson shaxsi
umumiy siyosiy, moddiy va ma’naviy asoslarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Davlat insonni 
har xil tasodiflardan himoya qiladi, adolatni ta’minlaydi, umumiy manfaatlarni ro‘yobga 
chiqaradi.
Davlat, oila, qabila, millat, diniy va boshqa birliklardan farqlanuvchi «fuqarolik jamiyati» 
kategoriyasi XVIII-XIX asrlarda tadqiqot predmetiga aylandi. G.Gegel o‘zining «Huquq 
falsafasi» asarida fuqarolik jamiyati tushunchasini atroflicha o‘rgandi va unga shaxslarning 
ehtiyoji va mehnat taqsimoti tizimi, adliya (huquqiy muassasalar va huquqiy tartibot), tashqi 
tartib (politsiya va korporatsiyalar) orqali aloqasi (munosabatlarga kirishishi) sifatida ta’rif 
berdi
10

O‘sha davr jamiyati va davlatiga nisbatan G. Gegelning qarashlari eskirganligiga qaramay, 
uning fuqarolik jamiyati davlatga nisbatan mustaqil bo‘lgan shaxsiy manfaatlar jabhasi, ijtimoiy 
tuzum, mehnat taqsimoti va mulk shakllariga bog‘liq ekanligi haqidagi fikrlari ijtimoiy 
fanlarning rivojlanish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
G.Gegel fikriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati – bu, avvalo, xususiy mulkka asoslangan 
ehtiyojlar tizimi, shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat qurilishi, huquq, axloq, burch, 
madaniyat, maorif, qonunlar va ulardan kelib chiquvchi sub’ektlarning o‘zaro yuridik 
aloqalaridir. Tabiiy, «nomadaniy» holatdan «odamlar fuqarolik jamiyatiga kirishlari lozim, 
chunki faqat shu jamiyatda huquqiy munosabatlar haqiqiy xususiyat kasb etadi».
11
Ayni vaqtda 
Gegel bunday jamiyat faqat «hozirgi dunyoda» mavjud bo‘lishi mumkinligini qayd etadi. 
Boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyati yovvoyilik, qoloqlik, ma’rifatsizlikka qarshi qo‘yiladi.
Gegel fuqarolik jamiyati oiladan boshlanib to davlatga qadar dialektik harakatlanuvchi 
alohida bosqich uzoq tarixiy davr davomida o‘rta asrdan to yangi davrgacha 
transformatsiyalashib kelgan tushunchadir. U fuqarolik jamiyati va davlatni aralashtirib 
yuboruvchi o‘sha davrda hukmron bo‘lgan tabiiy huquq nazariyasini tanqid qilgan, uning 
fikricha, ijtimoiylik xususiyatiga asoslanuvchi fuqarolik jamiyati, oilaning axloqiy va davlatning 
ommaviy hayotidan mutlaqo farqlanadi.U adolatili qonunlar va odil sudlarni fuqarolik 
jamiyatining tarkibiy qismlari deb hisoblaydi.
10
Қаранг: Гегель Г.В.Ф. Философия права. - Москва, «Мысль», 1990. – С.227. 
11
Гегель Г. Работы разных лет. Том 2. – Москва, 1973. – С. 50. 


23 
Fuqarolik jamiyatini konseptual tushunishga Immanuil Kant (1724–1804) harakat qilgan. 
Kant fuqarolik jamiyatini butun insoniyat uyi deb bilgan. Bu jamiyatda har bir inson hatti-
harakati oliy axloqiy qonun – qat’iy imperativ bilan belgilanad. Uning fikricha, fuqarolik 
jamiyati mavjud qonunlar doirasida hech kim tomonidan cheklanmaydigan intilish, 
tamoyillarining erkilik bilan uyg‘unligi, boshqacha aytganda, fuqarolarga mos bo‘lgan 
jamiyatdir. 
YUqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, XVIII asr o‘rtalariga kelib fuqarolik 
jamiyati – davlat an’anaviy paradigmasi qayta ko‘rib chiqila boshlandi. Bu jarayon XVIII – XIX 
asrlarga kelib to‘xtadi, bu davrga kelib yangi tizim o‘zining – xususiy mulk, erkin bozor 
iqtisodiyoti, parlamentar demokratiya va huquqiy davlat, ijtimoiy va siyosiy sohalar o‘rtasidagi 
bo‘linish.
Fuqarolik jamiyati demokratik normalari va qadriyatlari zamonaviy ijtimoiy-falsafiy 
tafakkurda ham taxlil qilingan. Zamonaviyroq ko‘rinishda demokratiya g‘oyalari Turkistonda 
ma’rifatparvar jadidlar faoliyatida kuzatiladi. Evropada bo‘lgani kabi Turkistonda ham o‘rta 
asrlar feodal munosabatlari, dogma va an’analarga qarshi bo‘lgan ma’rifatparvar g‘oyaviy oqim 
sifatida xarakterlanadi. U progressiv kuchlarning mamlakatni feodal turg‘unlik davridan olib 
chiqishga harakat qilgan va kurashganlarini aks ettiradi. Jadidlar ta’lim tizimini isloh etishni 
talab qilib, dunyoviy fanlar faolroq o‘qitiladigan yangi usuldagi maktablarni ochgan, ularda aniq, 
tabiiy-ilmiy, iqtisodiy fanlar o‘qitilgan. 
Zamonaviy tadqiqotchilar ta’kidlashicha, demokratik qayta qurish g‘oyalari va fuqarolik 
jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o‘z aksini 
topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki 
1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. Turkiston avtonomiyasi 
uchun kurashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo‘shgan.
YUrtimizda ijtimoiy-falsafiy fikr, xususan jadidlar qiyofasida, fuqarolik jamiyati g‘oyalari 
ma’rifat qadriyatining shakllanishiga qaratilgan edi. M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat o‘z 
davridan ilgarilab o‘tib, fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat doirasida amalga oshishi, 
haqidagi xulosasini aytadilar. Bundan tashqari, ular, an’ana va urf-odatlar demokratlashuvga 
to‘siq bo‘lmasligini, aksincha, mavjud an’analar doirasida amalga oshirilgan modernizatsiya, 
fuqarolik jamiyatining shakllanishi va barqaror taraqqiyotining muhim omili ekanligini 
asoslaydi.
Birinchi Prezident I.A.Karimovning so‘zlari bilan aytganda, “o‘zbek xalqi boy tarixi uzoq 
o‘tmishga borib taqaladi, va uch ming yillik davrni o‘z ichiga olib, bizga boy tajriba va ibratli 
saboq beradi, uni qabul qilishimiz va rivojlantirishimiz kerak bo‘ladi”
12

Umuman olganda, fuqarolik jamiyati falsafiy konsepsiyalarining insoniyat tarixida o‘rni va 
rolini baxolar ekanmiz, uning nafaqat ilmiy-texnikaviy yutuqlar bilan, balki inson borlig‘ining 
ekzistensial ibtidosini qayta tushunish bilan kechgan. Bu davrda inson erkinligini boshqacha 
tushunish usuli yuzaga kelib, u fanga jiddiy ta’sir qiladi. Bunda erkinlik o‘z qiziqishlari yo‘lida 
boshqariluvchi emas, balki har bir insonning o‘z taqdiri uchun javobgarligi ma’nosida 
tushuniladi. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin